Chrome Browseridan keraksiz bildirishnomalarni o'chirish! Chrome Browseridan keraksiz bildirishnomalarni o'chirish!
Android

Bugungi kunda hammamiz ham internetga kiramiz, ko'pchiligimiz bilib ko'pchiligimiz bilmay kiramiz. Albatta bu biz uchun bugungi kunda zarur. Ahir ma'lumot olishimiz ham kerakku. Ammo shunday saytlar borki kirganimizda o'zimiz bilmagan holda ruhsat beramiz. 

Masalan manashunday so'rov chiqgan vaqtida Razreshit tugmasini bosamiz, bu esa eng katta xatoyingiz bo'ladi. Ushbu ruhsat tugmasini bosganingizdan so'ng internetingiz yoqilgan vaqtda chrome browseridan bo'lar bo'lmas bildirishnomalar keladi. Shunday holatlarni ham bilamanki birovning qo'liga telefon bergani uyalib ham qolasiz. Sababi asosan uyatsiz bildirishnomalar keladi. Shunday qilib bugun men sizlarga huddi manashunday bo'lar bo'lmas bildirishnomalardan halos bo'lish yo'lini o'rgataman. Tayyormisiz bo'lmasam boshladik....

 

 

Manashu rasmda ko'rganingizni takrorlang, Chrome browseriga kiring eng birinchi sahifasiga va yuqoridagi uchta nuqtaga bosing so'ng Настройки tugmasini bosing kirganingizdan so'ng uyerdan Настройки сайтов degan joyini bosing. Keyin esa Уведомления degan joyini toping va kiring. 

Mana sizning o'sha asabingizga tegayotgan barcha bildirishnomalar. Endi ulardan qasos olish vaqti keldi buning uchun agarda istasangiz barcha saytlardan kelayotgan bildirishnomalarni o'chirishingiz mumkin. Pastda rasmda ko'rsatilgan joydan.

Ammo buni maslahat bermagan bo'lar edim, sababi siz bu bilan bildirishnomalarni ko'rishni o'chirasiz ammo siz internetingizni yoqgan vaqtingizda telefoningiz trafik sarflab ushbu bildirishnomalarni yuklab oladiyu sizga ko'rsatmaydi. Yaxshisi hammasini birato'la bartaraf qilin. Buning uchun sal pastroqqa tushing va Разрешены degan joyidagi barcha keraksiz saytlardan bildirish nomalarni o'chirasiz. 

Buning uchun o'sha saytlar ustiga bitta bosing va eng pasida ko'k blok ichida Очистить и сбросить degan joyiga bosing, qarabsizki endi bunday bildirish nomadan halos bo'lasiz. Hamma saytlarni shunday qilib o'chirib chiqing.

ESLATMA: Ba'zi saytlardagi bildirishnomalar o'chmasligi mumkin, tahlikaga tushmang bu sayt siz uchun havfsiz, u uyatsiz reklama yubormaydi va sizni ortiqcha bezovta qilmaydi.

Sizga yordam berolgan bo'lsak biz hursandmiz. Android borasida qanday savolingiz bo'lsa izohlarga batafsilroq yozing biz javobini izlashga harakat qilamiz.

Вирус: Нет
Система: Android
Дата публикации: 27 Декабря 2019 23:52
Оставить комментарий
Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ