Войти

Ish, uyqu, oila, sport yoki do‘stlar: uchtasini tanlang

Tadbirkor ayollar uchun ish va oilani muvozanatda saqlash borasidagi muhokamalar hech tugamaydi. Biroq Facebook kompaniyasi bozorni rivojlantirish bo‘limi sobiq direktori (va Mark Sukerbergning opasi) tadbirkor Rendi Sukerberg biznesmen ayollarga xos hayot tarzini qisqa va lo‘nda qilib tushuntirib berdi.

“Tadbirkorning dilemmasi:

Do‘stlar bilan aloqada bo‘lish. Zo‘r kompaniya yaratish. Oila bilan vaqt o‘tkazish. Sport bilan shug‘ullanish. To‘yib uxlash.

Uchtasini tanlang”, — deb yozgan edi u o‘z Twitter’ida.

Ushbu usulga ko‘ra, farzandlaringizga vaqt sarflashni, sport bilan shug‘ullanishni va biznesingizni yuritishni istasangiz, uyqudan va do‘stlar bilan muloqotdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi. Rendi Sukerbergning o‘zi intervyularidan birida hayotda aynan shunday yo‘l tutishini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumot uchun, Rendi Sukerberg 1982-yilda tug‘ilgan bo‘lib, Facebook asoschisi va bosh direktori Mark Sukerbergning opasidir. U Facebook kompaniyasida marketing bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan, bungacha esa biznes tahliliga bag‘ishlangan Forbes on Fox ko‘rsatuvida diskussiya ishtirokchisi bo‘lgan. 2014-yilda esa Rendi Zuckerberg Media kompaniyasiga asos soldi va unga rahbarlik qilib kelmoqda. Shuningdek, texnologiyalarga bag‘ishlangan Dot Complicated sayti bosh muharriridir.

142

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz