Войти

Koreyalik xonimlarning go‘zallik sirlari

1. Dush qabul qilgach, 10 soniyadan so‘ng yuzlaringizga krem surting. Chunki yuzdagi teshikchalar bu paytda ochilgan bo‘lib, krem teringizga tez singadi.

2. Yumshoq sochiqni issiq suvda namlab oling-da, yuzingiz ustiga yopib yoting. So‘ngra yuzingizni massaj qiling. Bu qon aylanishini yaxshilab, teshikchalarni toraytiradi va yuz terisini taranglashtiradi.

3. 1 osh qoshiq dengiz tuzini 1 stakan issiq suvga solib, eriting. Yuzingizni yuvgach, qo‘lbola tonik bilan tozalang. Natijada, qora nuqtalar bilan xayrlashasiz, yuz teringiz sog‘lom va tiniq ko‘rinishda bo‘ladi.

4. Dag‘allashgan, qoraygan yoki dog‘ paydo bo‘layotgan teri qismini limon sharbati bilan artishga odatlaning. Albatta, teringiz juda ta’sirchan va allergiyaga moyil bo‘lmasa. Koreyalik xonimlar ta’biricha, limon sharbati piling vazifasini o‘tab, terisi elastikligini ta’minlar ekan.

Manba: Darakchi.uz

 

 

 

 

132

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz