Войти

Osongina ozishning 12 qoidasi

Ozishni niyat qilganlarning ko‘pchiligi tezgina natijaga erishishni istaydi va keskinchoralar ko‘rishni boshlaydi: hali sport zallarida soatlab mashq qilgan, hali ovqatyemay ochlikdan sillasi qurigan... Ammo organizm ustida o‘tkazilgan bundaytajribalarning oqibati yaxshi bo‘lmasligi ayon. Ozish birdaniga amalga oshiriladiganshoshilinch tadbir emas, maxsus ruhiy-jismoniy tayyorgarlik bilan, reja asosida vatizimli tarzda kechadigan ishdi. Bu ishga jiddiy bel bog‘lagan bo‘lsangiz, quyidagitavsiyalarimiz sizga asqotishi mumkin.

1. To‘g‘ri ovqatlaning

Vaznni me’yorga solish 80 foiz ovqatlanishga bog‘liq. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanmay ozish mumkinmi? Javob – ha. Faqat jismoniy mashqlar bilan ozish mumkinmi? Javob – yo‘q! Kuniga 12 soatlab shug‘ullanadigan sportchilar ham taomnomasidagi ma’lum mahsulotlardan voz kechishadi. Demak, taom – asoslarning asosi. Lekin jismoniy mashqlarni butkul to‘xtatish kerak emas. Jismoniy mashqlar erishgan natijangizni ushlab turish uchun ular juda muhim.

2. Kuzatishni o‘rganamiz

Kafe yoki restoranga borganingizda semiz odam va chiroyli qomatli insonning qanday ovqatlanayotganiga e’tibor bering. Ular orasida, albatta, farq bo‘ladi, ya’ni yeyayotgan taomining miqdori va sifatidagina emas, yeyish tarzida ham. Bu borada chiroyli qomatli kishidan ibrat oling.

3. Hadeb taroziga chiqavermang

Natijalar tez ko‘zga tashlanmayotganini ko‘rib, hafsalangiz pir bo‘lishi va ozish fikridan qaytib qolishingiz mumkin.

4. Suratga tushishining foydasi bor

Parhez boshlashdan avval suratga tushib oling. Keyin ma’lum vaqt o‘tib yana tushasiz. Bu shu vaqt mobaynida erishgan natijangizni solishtirish imkonini beradi. Natija darhol ko‘zga tashlanadi.

5. Ovqatni kosaga suzing

Quyuq ovqatlarni laganda emas, har kimga mos kosalarda yoki taqsimchalarda torting. Shunda o‘z porsiyangizni yeysizu, to‘xtaysiz. Laganda qancha taom yeganingizni bilmaysiz.

6. Shirinlikdan voz kechmaymiz!

Yeguliklardan keskin voz kechish yaramaydi. Agar avvaldan reja tuzib, unga amal qilsangiz, har qanday mahsulotdan ham oz-ozdan yeb ko‘rishingiz mumkin. Hatto, shokoladu shirinliklardan ham.

7. Oldindan tayyorlaning

Dam olish kunlari o‘zingizga bir haftalik taomnoma tuzib, shu asnoda yegulik tayyorlang, porsiyalarga bo‘lib muzxonaga joylang va reja asosida ularni tanovul qiling. Bunda oqsillar, yog‘lar va uglevodlar miqdorini nazorat qilish imkoni tug‘iladi.

8. Oling, oling, chalg‘imang

Ovqatlanayotganda televizor ko‘rmang, kitob o‘qimang, smartfonlarga tikilmang. Ular sizni taomdan chalg‘itadi, nimaniqancha yeyayotganingizni bilmaysiz, taomdan lazzatlanmaysiz. E’tibor bilan ovqatlansangiz, miyadagi lazzat nuqtalari yetarlicha qo‘zg‘alib, tez to‘yasiz va ortiqcha yeb qo‘ymaysiz.

9. Tashabbusni qo‘lga oling

Hayotingizni qiziqarli qiling, faol hayot kechiring. Ko‘pchilik bekorchilikdan, zerikkanidan ham taom pishirib yeyaveradi. Dugonalar bilan uchrashuvlar (gaplar)ni ham restoran-kafelarda emas, masalan, sayohatlarda, tabiat qo‘ynida, tarixiy qadamjolarni ziyorat qilish tarzida o‘tkazsangiz bo‘ladi. Unda 1 soat tushlik uchun vaqt ajratasizlar-da, yana harakatga tushasizlar. Bu yarim kun bir joyda o‘tirib ovqatlanaverishdan ancha yaxshi.

10. To‘yga borsang, to‘yib bor

Biron tadbirga borsangiz, qorningizni to‘ydirib boring. Shunda dasturxondagi turli noz-ne’matlar ishtahangizni qitiqlab, ko‘p ovqat yeb qo‘yishdan o‘zingizni himoyalagan bo‘lasiz.

11. Aldamchi ochlikka ishonmang

Tushlikdan ko‘p o‘tmay yana qorningiz ochdek tuyulsa yoki nimadir yegingiz kelib qolsa (unutmang, bu aldamchi ochlik), darrov ko‘chaga chiqib aylanib keling, jismoniy mashq qiling, bir stakan suv ichib yuboring. Shunda hammasi o‘tib ketadi.

12.Vaqtida ovqatanishga o‘rganing

Juda ochqab ketgan organizm o‘ziga keragidan ko‘prog‘ini talab qiladi, me’yordan ortiq kaloriyani esa organizm yog‘gaaylantirib zaxiraga olib qo‘yadi. Shu sababli nonushta yoki tushlikni o‘tkazib yuborishni xayolingizga ham keltirmang.

Shahina tayyorladi

Manba: Darakchi.uz

 

130

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz