Войти

Quruq yuz terisi – muammo emas

Qish kunlarida yuz terisi quruqlashishi ko‘pchilikni tashvishga qo‘yadi. Aslida esa to‘g‘ri parvarishlansa, quruq yuz terisi muammo emas! Quyida uy sharoitida foydalanish mumkin bo‘lgan usullar bilan tanishtiramiz.

Krem tanlaymiz!

Sovuq kunlarda terining gidrolepid qatlami oziqlantirilishi kerak. Negaki, quruqlashishga moyil yuz terisida yog‘ bezlari sustroq ishlaydi. Bunda sizga tarkibida vazelin, lipid va o‘simlik moyi bor kremlar ko‘mak beradi. Krem uyquga yotishdan oldin, yuzga surtilib, teri yengil uqalanadi.

Kokos moyi

Yuz terisini yumshatishda kokos moyiga teng keladigani yo‘q. Yog‘ni barmoq uchida teriga tekis surtiladi va ertalabgacha qoldiriladi.

Quruq teri parvarishida zaytun yog‘i ham ayni muddao. Ushbu moy nafaqat oziqlantirish, balki ajinlarning oldini olish xususiyatiga ham ega.

Moychechakli kompress

Pardoz tozalangach, ikki qavat dokani moychechakli damlamada ho‘llab, yuz terisiga 10-15 daqiqali kompress qiling. Damlama teri yuzasida hosil bo‘lgan mayda burmalarni oson ko‘chirib tushiradi. Shu bilan birga terini yumshatadi ham. Kompress kuchli teri qurishida – haftasiga 2 marta, yengil shaklida esa bir marta qo‘llansa, kifoyadir.

To‘g‘ri ovqatlaning!

Tashqi parvarish usullari natija berishini istasangiz,muammoni, avvalo, ichkaridan hal eting. Taomnomada – A va Ye vitaminlariga boy mahsulotlar – barcha turdagi yong‘oq, o‘simlik yog‘i, jigar, dukkakli o‘simliklar, baliq go‘shti bo‘lishi lozim.

Manba: Darakchi.uz

 

149

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz