Войти

Shu yil bahorda urfga kirgan soch turmaklari

Har bir ayol bahor kelishi bilan kiyinish uslubi yoki soch turmagini o‘zgartirishga taraddudlanib qoladi. Bunga ularning o‘zgacha hissiyotlarni boshdan kechirishga intilishi sabab bo‘lsa ajab emas. Odatda hayot tarzini o‘zgartirishni yangi soch turmagi bilan boshlash maslahat beriladi. Agar siz bunga qaror qilgan bo‘lsangiz, albatta yangi urf bo‘lgan soch turmaklarini tanlang. Quyida ularning eng dolzarblarini keltirib o‘tamiz.

O‘rtadan ochilgan farq

-2

Soch farqini o‘rtadan ochish — qayta ommalashgan klassikadir. U yumaloq yuzli qizlar uchun ayni muddaodir, zero u yuzni vizual ravishda uzaytiradi. Biroq aynan shu tufayli ushbu soch turmagi uzunchoq yuz sohibalariga tavsiya etilmaydi.

“Ot dumi”

-1

Bunday soch turmagini yaratish uchun, dastlab kokillaringizga issiqlikdan himoya qiluvchi sprey seping, so‘ng stayler bilan tekislang. Boshning tepa qismidagi sochlarni ko‘tarish uchun ularni biroz teskari tarang va ularni “dum” qilib yig‘ib, ingichka rezinka bilan mahkamlang. “Dum”dan bir tutam soch ajratib olib, uni rezinka atrofiga o‘rang va to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlang.

Uzun bob (kare)

0

Mutaxassislar uzun bob yoxud kareni mavsumning eng urfga kirgan soch turmagi deb atamoqda. U har qanday yoshdagi ayollarga mos tushadi. Qulayligi shundaki, bunda sochni osongina yig‘ib qo‘yish mumkin, shuningdek yoyib yurganda ham xalal bermaydi. Bundan tashqari, uzun kare yumaloq yuzni uzun ko‘rinishga keltiradi, juda keng yonoqlarni yashiradi va katta iyakni kichik qilib ko‘rsatadi.

Farqni chetdan ochib, sochni bir yonga yig‘ish

1

Sochni bunday turmaklashga ko‘p vaqt va kuch talab etilmasa-da, uni tantanali marosimlar uchun bemalol qo‘llash mumkin.

O‘rim

2

Ayni paytda har qanday ko‘rinishdagi — oddiygina yoki murakkab o‘rimlar ommaboplik cho‘qqisidadir. Bunday soch turmaklarining ba’zilarini “Uzun sochlar uchun turmaklar” maqolasida batafsil yoritganmiz.

Soch uchun aksessuarlar

3

Bezatilgan chambarlardan tortib, to‘g‘nog‘ichlargacha bo‘lgan turli soch aksessuarlarini endi katta yoshdagi ayollar ham bemalol taqishi mumkin bo‘ldi. Biroq aksessuarlar yoshga munosib hamda jiddiy ko‘rinishda bo‘lishi kerak.

Tartibsiz “chyolka”

4

Bunday “chyolka” keng peshona sohibalari uchun asqotishi mumkin. U qing‘ir-qiyshiq va tartibsizroq, shu bilan birga tabiiy ko‘rinishga ega.

202

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz