Войти

Yuz terisi qariyaptimi? Vitaminlar tanqisligi bor!

Biri biridan o‘taman degan kosmetika vositalarining ishlab chiqaruvchilariva’danikatta berishsadadoimiy natijani ta’minlay olishga qodir emaslarNegakigo‘zallik muolajasi ichkaridanya’niorganizmning muhim a’zolarida olib borilishilozimUshbu vazifaning mas’uli esa vitaminlardirAnglaganingizdekdarmondorilartaqchilligiga duchor bo‘lsangiztashqi ko‘rinishingiz puturdan keta boshlaydi.

Qo‘l terisi quruqlashyaptimi?

Terida kollagen qoplamasini ishlab chiqaruvchi hamda teri elastiklik xususiyatini oshiruvchi A vitamini, qo‘l va yuz terisi mayinligi uchun g‘oyat muhimdir. Teringiz quruqlashib borayaptimi, bilingki, A vitaminining zahirasi tugagan. Shuningdek, ushbu darmondoriga ehtiyoj ortganida soch to‘kilishi, tishlarning sinuvchan, milklarning esa bo‘shashib ketishi kuzatiladi.

A vitamini bilan xafalashib qolmaslikni istasangiz, ovqatlanish ratsionida sabzi, qovoq, baliq yog‘i, tuxum sarig‘i va sariyog‘ bo‘lishini nazoratga oling. 2 osh qoshiq sabzi sharbatiga 1 osh qoshiq yog‘li tvorog va 2 osh qoshiq smetanani aralashtirib, yuz va qo‘l tersiga surtib olsangiz, tashqi taraflama A vitaminining foydasini ko‘rasiz.

Qazg‘oq bor deng...

V guruhi vitaminlari bu hushbichim qomat va teri tarangligining kafolatidir. Aynan ushbu darmondori organizmda moddalar almashinuvini yaxshilab, yog‘ yig‘ilishining oldini oladi. Bel va qorin terisining burishib qolayotganidan tashvishdamisiz, V guruhi vitaminlarini yordamga chorlang.

Sochga qazg‘oq tushishida ham V guruhi vitaminlarining «qo‘li» bor. Aniqrog‘i darmondori miqdorining sezilarli ravishda kamaygani, qazg‘oqni paydo qiladi. Bug‘doy kepagi, ko‘katlar, dukkakli mahsulotlar, jigar, bodom va yong‘oqni kanda qilmaslik, sizni ushbu muammodan qutqaradi. Ammo shugina bilan kifoyalanmang. 3 osh qoshiq bug‘doy kepagiga 1 stakan qatiq yoki smetanani aralashtirib, nam soch tolasiga surting-da, boshni uqalang. 10-15 daqiqadan so‘ng boshni iliq suvda chayib olasiz. Mazkur niqob haftada ikki marotaba qo‘llanilsa, bosh terisi V vitaminiga to‘yinadi.

Tirnoqlar sinuvchanligining sababi...

Kollagen sintezida ishtirok etuvchi, bo‘g‘imlar tuzilishini saqlab turilishiga yordam beruvchi va eng asosiysi qarilikni sekinlashtiruvchi C vitamini ayol organizmi uchun g‘oyat muhimdir. Askorbin kislotasining yetishmasligi teri ko‘rinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Erta paydo bo‘lgan ajinlar, soch to‘kilishi, sinuvchan tirnoqlar, teri rangparligi – barchasi C darmondorisining taqchilligini anglatadi. Maslahatimiz, sitrus mevalari, maymunjon, qorag‘at, pomidor va karamni kanda qilmang. Yangi yil dasturxonidan ortgan mandarinlardan esa quyidagi niqobni tayyorlab ko‘rishingiz mumkin. 2 osh qoshiq sutda pishirilgan suli yormasi bo‘tqasiga 3 osh qoshiq mandarin sharbati, bir choy qoshiqdan eritilgan sariyog‘ va asal aralashtiriladi. Niqob 15-20 daqiqaga yuzga surtilib, so‘ng iliq suvda chayib olinadi.

Sinuvchan tirnoqlarning chorasi esa haftada bir marotaba iliq vanna muolajasini o‘tkazishdir. Bunda sizga 1 litr iliq suv, 4 osh qoshiq kungaboqar yog‘i, bir necha tomchi yod eritmasi kerak bo‘ladi.

Tishlarim oppoq bo‘lsin desangiz...

Organizmda metabolizm jarayonini boshqaruvchi, fosfor va kalsiy moddalarining singishini ta’inlovchi D vitaminining xizmati beqiyos. Aynan ushbu darmondori tishlarning sarg‘aymasligi hamda ularning mustahkam bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Jigar, yog‘li baliq iste’mol qilishga odatlanish D vitamini zahirasini to‘ldirib turadi. «Tishlarim sarg‘ayyapti-ku» deysizmi, u holda darmondoriga boy mahsulotlarni tanovul qilish barobarida, boshqa choralarga ham diqqat qarating. 3 osh qoshiq is’temol sodasi, 10 tomchi vodorod pereksi, 1 choy qoshiq limon sharbati va 3 ta faollashgan ko‘mir donasini aralashtirib, qorishma tayyorlang. Tish chyotkasini aralashmaga botirib, tishlarni tozalab oling. Muolajani haftada bir-ikki marotaba o‘tkazish, kifoya.

Endi dog‘lardan cho‘chimang!

Teridagi pigment dog‘lardan halos bo‘lishni istasangiz Ye vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qilibgina qolmay, ushbu darmondori ishtirok etgan kosmetika vositalaridan ham foydalaning. Tuxum, sut – qatiq, kungaboqar yog‘i, yong‘oqlar, na’matak, organizmning Ye vitaminiga bo‘lgan ehtiyojini to‘ldiradi.

Yuz va qo‘l terisidagi pigment dog‘lar bilan kurashishda quyidagi niqobni sinab ko‘ring. 2 osh qoshiq tvorog, 1-2 choy qoshiq zaytun yog‘i va 5 tomchi Ye vitamini aralashtiriladi. Niqob muammoli teriga surtilgach, 15 daqiqaga qoldiriladi.

Yog‘li teri muammosi

Yog‘ moddalari almashinuvini nazorat qiluvchi, shakar va yog‘ni quvvat manbaiga aylantiruvchi RR vitaminisiz ichki a’zolar o‘z vazifasini uddalay olmaydi. Natijada yuz terisi yog‘lashishi kelib chiqadi. Yeryong‘oq, brokkoli karami, pishloq, xurmo, kartoshka ayni RR vitaminiga boydir. Teri yog‘lashishiga qarshi eng oddiy chora bu tuxum oqini atalab, yuz terisiga surtish hamda vaqti – vaqti bilan ko‘k choy yordamida kompress qilib turishdir.

Ular bir – birini to‘ldirib turadi

Soch o‘sishi uchun V vitamini muhim hisoblanadi. Ye darmondorisi esa qonda kislorod aylanishini ta’minlaydi. C vitamini bosh terisidagi qon aylanishiga ma’sul. Shuningdek, u soch ildizinioziqlantiradi. A darmondorisi yetishmovchiligida esa sochlar to‘kila boshlaydi. Anglaganingizdek, barcha vitaminlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq. Shunday ekan, har birini me’yorla ushlashga harakat qiling.

Anora MAJITOVA tayyorladi

Manba: Darakchi.uz

 

146

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz