Войти

Har kuni 5 daqiqadan mashq bajaring va go‘zal qomatga ega bo‘ling

Barchamiz ham chiroyli qomatga ega bo‘lishni, qorin sohasida ortiqcha yog‘lar bo‘lmasligini istaymiz. Biroq jismoniy mashqlarga kelganda, odatda, turli bahonalar bilan o‘zimizni nari olamiz. Bas, qomatimizga e’tibor qaratish vaqti keldi! Buning ustiga kuniga atigi besh daqiqa ortiqcha vaqtni topishingiz aniq. Har kuni bor-yo‘g‘i beshta mashqni bajaring, shunda tez orada natijani his qilasiz va ko‘rasiz ham.

1-mashq

1

Chalqancha yotib, oyoqlarni to‘g‘ri burchak ostida tepaga ko‘taramiz; qo‘llarni bosh ustiga ko‘tarib, barmoqlarni bir-biri bilan mahkam qovushtirib olamiz.

Bir deganda chuqur nafas olamiz, nafas chiqarishda esa bosh va gavdani ko‘taramiz, oyoqlarni yozamiz va qo‘lni oldinga qarata to‘g‘rilaymiz.

Ikki deganda nafasni chiqarib, dastlabki holatga o‘tamiz.

2-mashq

2

Yerga o‘tirib, oyoqlarni bukamiz va ko‘taramiz; qo‘llar bosh orqasida.

Bir deganda sal orqaga engashamiz, o‘ng oyoqni yozamiz va o‘ng tirsak bilan bukilib turgan tizzaga tekkizamiz.

Ikki deganda to‘g‘riga qarab burilamiz, so‘ng mashqni ikkinchi tomonga qarab davom ettiramiz.

3-mashq

3

Chalqancha yotib, qo‘llarni gavda bo‘ylab qo‘yamiz, kaftlar pastga qarab turadi; oyoqlarni tepaga qaratib to‘g‘rilaymiz.

Bir deganda qorinni tortib, sonlarni iloji boricha yuqoriroqqa ko‘taramiz. So‘ng sekinlik bilan ularni pastga, o‘ng tomonga qiyaroq qilib tushiramiz.

Ikki deganda sonlarni yana tepaga ko‘tarib, so‘ng pastga, chapga tushiramiz.

4-mashq

4

Chalqancha yotib, kaftlarni pastga qilgan holda qo‘lni gavda bo‘ylab qo‘yamiz; oyoqlarni tepaga ko‘tarib, o‘zaro kesishtiramiz.

Bir deganda oyoqlarni bosh ustidan o‘tkazib, sonlarni iloji boricha yuqoriroq ko‘taramiz.

Ikki deganda asta-sekinlik bilan pastga tushiramiz va oyoqlarni teskari tomonga kesishtirib, mashqni yana takrorlaymiz.

5-mashq

5

Tirsaklarga tayangan holda, yerturtki (otjimaniye) mashqini bajarishdagidek holatda turamiz.

Bir deganda asta-sekinlik bilan yon tomonga burilamiz va qo‘lni yuqoriga ko‘taramiz.

Ikki deganda dastlabki holatga o‘tamiz va mashqni ikkinchi tomonga qarab bajaramiz.

Ushbu mashqlarning har birini o‘ntadan bajaring. Agar 5 daqiqadan ham ko‘proq vaqt ajratish imkoniyatingiz bo‘lsa, bitta davrani to‘liq bajarib bo‘lgach, ikkinchi davrani bajarishga kirishing va shu tariqa, ularni ulguganingizcha takrorlang.

Agar kun bo‘yi ishda o‘tirsangiz, ammo biroz bo‘lsa-da, jismoniy mashq qilish istagingiz bo‘lsa, u holda ofisda o‘tirib bajarish mumkin bo‘lgan jismoniy mashqlardan foydalanishingiz mumkin.

Bundan tashqari, ozishga yordam beradigan maslahatlar bilan ham tanishishingiz mumkin.

135

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz