Войти

Ilmiy jihatdan rad qilingan sport va fitnes haqidagi 5 yolg‘on

Sport stress, ortiqcha vazn va o‘ziga past baho berishning eng yaxshi davosi hisoblanadi. Eng mashhur sportchilar, murabbiylar va shifokorlar xohlagan natijaga erishish uchun sport bilan qanday shug‘ullanish kerakligi haqida ko‘p yozishadi.

Lekin bizning sog‘lig‘imizga faqat zarar keltiradigan bir necha keng tarqalgan noto‘g‘ri fikrlar mavjud.

1-yolg‘on. Qomatingiz yaxshi bo‘lishi uchun bir haftada bir-ikki marta sport bilan shug‘ullanish zarur

Olimlarning gaplariga ko‘ra, bir haftada kamida uch marta shug‘ullanish zarur ekan. Aslida sport bilan har kuni shug‘ullanish kerak, lekin oddiy sayr qilishlar yoki qisqa yugurishlar sport zallaridagi mashg‘ulotlarni ajoyib tarzda to‘ldirib turadi.

2-yolg‘on. Ertalab — jismoniy mashqlar uchun eng yaxshi vaqt

O‘zingizga o‘ziga xos tartib o‘rnating: sport zaliga qat’iy belgilangan vaqtlarda boring.

Aslida jismoniy faollik sizning kundalik odatingizga aylanishi kerak. Kimgadir tunda shug‘ullanish yoqadi, kimdir ertalab soat oltida yugurishni yaxshi ko‘radi. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanish uchun eng yaxshi vaqt — mashqlarni muntazam ravishda shug‘ullanishni odatga aylantirishga imkon beradigan vaqt.

3-yolg‘on. Sport bilan shug‘ullanish — ortiqcha vaznni kamaytirishning eng yaxshi yo‘li

Jismoniy mashqlar sizga kechqurun yeyiladigan to‘yimli ovqatni «yoqish»ga yordam berolmaydi.

Agar siz vazningizni kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, unda birinchi navbatda parhezga rioya qilishingiz kerak.

4-yolg‘on. Qorinni yo‘qotishni xohlaysizmi? O‘tirib-turing!

Qorin tekis bo‘lishi uchun hamma mushaklar guruhi harakatga kelishi zarur. Olimlarning aytishlaricha, o‘tirib-turish faqat qorin mushaklariga ta’sir ko‘rsatar ekan.

Manba: Daryo.u

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

135

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz