Войти

Olima dugonasi, Umida bilan eng oldi qatorda, yonma yon o`tirgancha berilib domlaning so`zlarini eshitar edi.
Umida biqiniga sal turtib pichirlab gap boshladi:
- Oli man hayronman, rektir qarindoshing emasmi?
- Yo`q!
- Qarindoshing bo`lmasa! Nega senga yaxshi mumila qiladi?
- Yo`g`aaa nega qarindoshim bo`lsin. Shunchaki o`zlariga yaqin olsalar kerakda!
- Aldama. San pismiq yana qarindosh ekaningni sir tutib yurgan bo`lma, oying ham kelganda huddi qadirdonday iliq gaplashgan edi!
- Kantirak masalasida, yordam berganlar. Aslida o`zimiz tomondan chiqgan inson. Rahmatli dadamni tanir ekanlar. Balki shungadur! -dedi.
- Ha, shundaymi.
- Pichir-pichirlar to`xtatilsin... -domla bir humrayib Umidaga qarab qo`ygach darsni davom ettirdi.
- Umi tishshsh... darsga qaraylik, bo`lmasa domla quvib chiqaradi.

Dars tugab endi eshikdan chiqayotgan edilar. Huddi boyaga suxbatni eshitganday qarshilarida rektir paydo bo`ldi. Yigit-qizlar salom berishdi. Rektir alik olgach:
- Olimaxon haliroq xonamga kiring. -dedi.
- Ho`p. -dedi Olima. Rektir ketgach, Umida yana Olimani biqiniga yengil turtdi.
- San pismiq aytmayabsan, rektir sani amiking yoki tog`ang?!
- Qaniydiya amakim bo`lsa. Lekin juda yaxshi inson! -dedi rektirni orqasidan qarab qolar ekan...

Darslar tugagandan keyin hamma tashqariga shoshildi. Olima esa rektirni xonasi tomonga.

Uch bor eshikni qoqdi.
- Kiring eshik ochiq... ichkaridan rektirdi ovozi keldi.
- Assalomu a`laykum. Olima ochiq chehra bilan ichkariga kirdi.
- Olima kel qizim marhamat o`tir! rektir kursiga ishora qildi. Olima kursiga o`tirar ekan, mamnun jilmayib qo`ydi.
- Ho`sh qizim o`qishlar charchatib qo`ymayabdimi?
- Yo`q yaxshi!
- Onangizni uyaltirib qo`ymaysanmi?
- Yo`g` xudo holasa unday bo`lmaydi.
- Uyaltirmada, ahir onangga vada berganman. Mana bugun kantirakingni, o`z yonimdan to`lab qo`ydim. -dedi rektir.
- Rahmat. -dedi Olima biroz hijolat bo`lib, bir vaqtni o`zida hursandligi ko`zida namayon edi.
- Shuni aytib qo`yay degandim. Endi boraqol. -dedi.
- Yana bir bor rahmat! -dedida o`rnidan turdi.
- Haya, Olimaxon...
- Labbay domla.
- Bir iltimosim bor edi.
- Qanday? Olima asta joyiga o`tirdi.
- Osh damlashni bilasanmi?
- Ha albatta!
- Bugun bir og`aynim bilan do`ppidakkina osh qilib o`tirmoqchi edik. Albatta voqting bo`lmasa mayl, shartmas! -dedi rektir. Ammo ijobiy javob olishiga ishonchi komil edi.
Olima bir sonya o`yga toldi. Ammo rektir ko`z oynagi ostidan qarab turganini ko`rgach asta jilmaydi.
- Bajonidil damlab beraman, qachonga qayerda?
- Shu bugun vaqting bo`ladimi?
- Albatta!
- Bo`lmasa tashqarida kutib turgin, man hozir chiqaman!

Olima tashqariga chiqganda dugonasi Umida kutib turardi.
- Umi kutib turibsanmi?
- Ha.
- Ketavermabsanda, man Sobit aka bilan ketaman. -dedi. Ammo dugonasi no to`g`ri hayolga borishidan hadiksib gapni o`ngladi. - Bugun tog`amlarnikiga boraman.
- Tog`ang?!
- Dugonajon endi berkitib nima qildim. Sobit aka oyimning o`gay akasi bo`ladilar-u.
- O`gayligi uchun, berkitib yurganmiding?
- Ha dugonajon faqat hechkimga aytma ho`p.
- Voy pismig`ee shundo qarindoshing bor ekanu... Ha mayli keyin gaplashamiz. -dedida Umida yolg`iz o`zi yotoqxonaga ketdi.

Dugonasini aldashga aldadiyu ammo, o`zi o`ylanib qoldi. Bu gap rektirni qulog`iga yetib borsa, uyalib qolmasmikinman deb.

Rektir chiqib keldi, Olimini ko`rgach mashinasiga ishora qildi.
- Qani mashinaga o`tir.
Mashinaga o`tirishdi, rektir har doyim ketadigan tomonga emas, mutloqo boshqa tarafga rulni burdi.
- Kechirasiz domla!
- Domla demasdan Sobit aka deyaqol, ahir institutda emasmiz-ku.
- Sobit aka, adashmasam uyiz boshqa tarafda edi?
- Kivartiram bor. -dedi ammo Olima sal tashvishga tushayotganini sezdi. -Nozik mehmon bo`lsa yaxshi kutib olishimiz kerakda. -dedi.
- Ha...
- Avval bozarga tushamiz! -dedi Sobit...

* * * * *

Sabit qo`lida sumka ko`tarib ikkinchi qavatga ko`tarilib borardi. Uning ortidan Olima ham.
Eshikni ochgach, ichkariga ishora qildi.
- Qani marhamat ichkari kir.
Olima ichkariga kirar ekan, atrofga bir qarab oldi. Juda chiroyli, dit bilan jixozlangan. Ikki xonali kivartira.
- Kulbayi-vayronam yoqdimi?
- Ha!
- Kiyimlaringni mana-bu xonada alishtirib olishing mumkun. -Sobit yotoqxonani ko`rsatib, o`zi oshxonaga o`tdi.
Olima sumkasi, engnidagi kastumchasini o`sha yerga qo`yib qaytib chiqdi.
- Mana-bu fartuk, mana pichiq, ana qozon. San oshni boshlayver man narigi xonada dasturxon tuzayman.
- Qo`yavering o`zim Sobit aka!
- Bekor o`tirgandan ko`ra, san buni o`ylama oshni boshla. -dedi va oshxonadan chiqib ketdi...

Oradan ancha vaqt o`tgach, Olima oshxodan chiqdi. Narigi xonada, ikki kishilik chiroyli dasturxon tuzalgan. Sobit esa telvizirga tikilgancha, aroq ichib o`tirar edi.
- Sobit aka!
- Ha...
- Osh bo`ldi, mehmoningiz kelmadiku?
- Telifon qildi, bugun kelolmas ekan!
- Iyaa... Unda man ketsam maylimi?
- Qayoqqa?
- Yotoqxonaga.
- Oshni o`zim yeymanmi! -deb Olima tarafga bir qarab qo`ydi. - Saniyam qorning ochgandur?
- Yo`q to`qman.
- Yolg`on gapirasana. Bor suzib chiq bugun san mehmonimsan. Mehmonni och qaytarish odobdan emas...

Olima oshxonaga kirib oshni suzib chiqdi. Rosti o`zi ham juda ochiqqan edi. Ortiqcha etiroz bildirmay, stulga o`tirdi. Sobit oshni yeyishdan avval, qadahga aroq quydi.
- Ichasanmi? -dedi Olimga qarab.
- Yo`q!
- Unda sani sog`lig`ing uchun. -dedida qadahni ko`tardi.
So`ng oshdan ikki qoshiq og`ziga soldi.
- Ooo`o` qo`ling dard ko`rmasin, pazanda ekansan. Eplik qizga o`xshaysan!
- Rahmat... -dedi Olima maqtovdan boshi osmonga yetdi.
Sobit yana qadaxga aroq quyib qadaxni tepaga ko`tardi:
- San uchun. Go`zalligin oldida bosh egaman. San bilan bir dasturxon atrofida o`tirish man uchun sharaf. -dedida qadaxni ko`tardi. Olima bu g`alati qadax so`zidan keyin, yeyayotgan ovqati tomog`iga tiqilib, piyoladagi choydan xo`pladi...

Sobit ikki, uch bor qadax so`zi aytish boxonasida Olimaga xushomat qilardi. Olima bo`lsa, kutmagan insondan bo`layotgan xushomatlardan yuzi, qizargan bir ahvolda uyalib o`tirar. Bir vaqtni o`zida Sobitni aljirashlaridan xavotirga tusha boshlagan edi.

Birdan tizzalariga Sobitni oyog`i teyganini sezdi. Avvaliga kayfi borligi uchun beyhosdan tegib ketdi deb o`yladi. Ikkinchi martasi oyog`lari orasiga, soniga teyganidan keyin Sobit atayin qilayotganini tushundi va o`rnidan turdi.
- Sobit aka endi man ketaqolay.
- Qayoqqa ketasan, man bilan qol..!
- Sobit aka siz... -dediyu uni fikri buzulayotgani sezib tezda xonadan chiqdi. Sumkasi va kastumchasini olish uchun yotoqxonaga kirganda ortidan Sobir kirdi va eshikni berkitdi.
Olima Sobitni ko`zlarida, yonayotgan xirs alangasini ko`rgach qo`rqib ketdi.
- Mani qo`yvoring iltimos!
- Yo`q, jonim san iltimos qilma buyur nima qilay. Pul, mashina istagan narsangni muxayyo qilaman. Faqat maniki bo`lsang bas. Ho`p degin jonim ho`pde!
Sobit asta Olimga yaqinlashdi.

Olima, xammasini endi tushunganday bo`ldi. Bir yilgi kantirakti, inistitutga kirib olishida yordam bergani. Qizim deb deb qilayotgan iliq munosabatlari hammasi soxta. Uning asil maqsadi boshqa ekan.
- Yo`q mani tinch qo`ying...
- Yo`q dema, aytganimni qilsang malikalarday yashaysan. Yeganing oldinda yemaganing ketingda bo`ladi. Aqilli qiz bo`l, o`ylab ko`r? -deb qizni burchakka siqib borardi.

Sobit olam-olam vadalar berar, yalinguday bo`lib qizdan so`rardi. Ohiri Olima burchakka taqalgach, iltimoslari naft bermagach. Tiz cho`kib qo`llarini qovushtirib yig`lab yolvora boshladi.
- O`tinib so`rayman Sobit aka mani badnom qilmang... -dedi.
Sobit oyog`lari ostida tiz cho`kib o`tirgan qizni bilaklaridan ushlab o`rnidan turg`azdi. Qo`llarini qattiq siqib quchoqlashga urundi. Olima bo`lsa qarshilik ko`rsatdi.
Sobit qizni siltb yuziga yengil shapati urgach:
- Badanom bo`lishdan qo`rqasanmi? Ha sani shunday badnom qilmamki yashashga ham istagin qolmaydi. Agar aytganimni qilmasang o`zingdan ko`r! -dedi. Sobit yaxshilikcha ko`ndira olmagach, endi qizni qo`rqitish yo`liga o`tdi.
- Kantirak pullarini, sud orqali, o`n barobar qilib undirib olaman. O`zing institutdan haydalasan. Yo`q dema ahmoq, oyog`ing ostiga borimni to`kaman! -deb qizni koftasini yechishga urundi.
- Yo`q, yo`q iltimos bunday qilmang...
- Bo`pti qo`yvoraman keyin o`zing afsus qilasan. Butun inistitut oldida sharmandalarcha haydattiraman. Onangga qizing foxisha deyman. Qo`limdan sog` chiqarsan ammo, loyga qorishib ketasan odamlarni oyog`i ostida ezilasan! -deb qizni yechintirishda davom etdi.
Bu pupisalari naf berib, Olima qarshilik qilishni to`xtatdi. Lekin iltimos qilib yig`lab yolvorishda davom etdi. Sobit bo`lsa bu iltimoslarga parvo qilmas, iloji borich qizni yechintirishga urunardi. Bir amallab koftasini yechib pastga otti. So`ng Olimini qarshiliga qaramay, yupkasi, ich kiyimlari birin bir yechib tashladi. Qizni esa devonga uloqtirdi, va o`zi ham yechina boshladi.
Qizni ko`zlari to`la yosh bilan, Sobitga qarab turardi. Mana uni asil basharasi, u farishta emas, farishta niqobidagi iblis. Uning jundor tanasi, harom, yeb kattalashgan qorni, tik turgan asbobi. Hammasi Olimada bu iblisga nisbatan cheksiz nafrat uyg`otgandi.
Lekin har lahzga shavqat, qilishidan umudvor edi.
Ammo yo`q.
Qizni sutdek tiniq tanasi, oyday yorqin chiroyi, tengsiz go`zalligi. Sobitni aqlu hushini olib o`ziga magnitday tortardi. Hirs alangasi vujudini yondirib, chanqotgandi. Istagi faqt bitta. Hirsli chanqog`ini qondirish uchun qizga tashlandi.
Sho`rlik qiz, uni o`zidan qancha uzoqlashtirishga urunmasin, kuchi yetmasdi...

Oyoqlari orasida og`riqni, sezganidan keyin barchasi tamom bo`lganini tushunib taqdirga tan berdi. Go`yoki jonsiz kessakka aylanganday, kaftlari bilan yuzini to`sgancha unsiz yig`lardi. Sobit ko`p cho`zmadi, bir ikki daqiqada ishini bajardiyu, o`zini qizni yoniga tashladi.
Shundayam qo`llari tek turmas, bir nimalar degancha qizni ko`kkarlaridan, sonlaridan silar.
Har harda boshini ko`tarib, bey o`xshov basharasini, qizni nozik badanlarga tekkazib o`pib qo`yardi. Olima huddi haykalga aylanib qolganday. Qulog`lari shang`illar, butun tanasi qaqshab og`rirdi. Qo`rquv iskanjasidan haligacha chiqa olmas, lablari pip-pirab nimadur deyishga urunardi. Nazarida bu qo`rqinchli tushdan edi...

Sobit ikkinchisini boshlash uchun oyoqlarini ikki yonga ochayotganda. Olima o`ziga keldi, bu tush emasligini ongi fahmladi.
Tizzalarini quchoqlagancha ingrab yig`lab yubordi.
- Qo`rqma jonim boshida shunday bo`ladi. Keyin o`rganib qolasan. -Sobit qizni sochlaridan siladi.
- Yashashni istamayman, o`lgim kelyabdi. -dedi asta uyat hissi bosib, choyshob bilan ko`krakini berkitdi. - Hayotimni barbod qildiz, ming lanat sizga!
- Qarg`ama manda ham ko`ngil bor.
- Man nima qilaman? Onamga nima deyman? Hali turmushga chimagan edi!
Kelajagi, boshiga qanday savdolar tushishi haqida o`ylagani sayin ko`z yoshlari tinmas. Yuragi huddi qafasga majburlab solib qo`yilgan qushchaday tipirchilar. U huddi endi ochilayotgan gulu. Ammo shavqatsiz kimsalar yaproqlarini bir-bir uzub olayotganday his etardi o`zini.
Ko`z yoshlarini artar ekan, qarshisida turgan inson qiyofasidagi hayvonga uzoq tikildi. Dilidan o`tqazib jamiyki lanatlarni uning tomonga yo`naltirdi.
- Bor dushga kirib poklanib chiq? -dedi Sobit kichikroq eshikka ishora qilib.
- Tanamni poklar! Nonusimni, iffatimni poklaydimi?
Sobit asta yana qizga yaqinlashdi. Ikki yelkasidan ushlab yuziga termuldi.
- Tiklaydi. O`zim yordam berman!
- ..! -Olimani ko`zlari qinidan chiqguday bo`ldi.
Sobit hiyol jilmaydi.
- San birinchi ham emassan ohirgi ham. -dedi.
Olima tizzalari qaltirab asta dush tomonga yurdi. Iliq suv tagida uzoq o`tirdi. Ko`z yoshlari, oqayotgan suvga aralashib ketardi. Uzoq yuvindi, so`ng dushdan chiqdi. Sobit uxlab yotardi, hayoliga uni pichiqolab o`ldirib tashlash fikri keldiyu ammo jurati yetmadi. Kiyinib chiqib ketdi...

Bir haftagacha inistitutga bormadi. Ohiri dugonasi Umidani qistovi bilan, borishga ko`ndi. Endi avvalgiday, faol emas, darsda ham parishon o`tirardi. Yashashni qizig`i qolmagan.
Darstlar tugagach,dugonasi bilan yotoqxonaga qaytmoqchi edi. Sobit yana yo`liga chiqdi.
- Qizim beytob bo`lib qolibsiz endi tuzukmisiz? -dedi. Hech narsa sodir bo`lmaganday hotirjamlik bilan.
Olima, nima deyishni bilmay qoldi.
- Endi tuzukmisiz? -dedi savolini qaytarib.
Umida sal turtib qo`ygandan keyin. Olima o`ziga kelib, bosh qimirlatdi.
- Yaxshi... Sizdan hovotir olgandim. Ortimdan yuring xonamga muxim gapim bor! -dedi.
``Yo`q Umi dugonajon mani o`zing bilan olib ket. Mani u yoqqa yolg`iz yuborma!`` -deb dugonasiga umid bilan termuldi. Ammo bu so`zlar faqatgina uning onggida aytildi xolos, tilidan tashqariga chiqmadi.
- Bor bor... Tog`angni ortidan..! -Umida dugonasi nimalarni xis qilayotganini qayoqdanam bilsin.
Qiz dugonasiga qarab-qarab qo`yar ekan. Oyog`ini zo`rg`a sudrab Sobitni ortidan yurdi. Huddi bir nimani sezganday, yuragi beyhalot urardi.

Xonaga kirganlari hamoni Olimani quchog`lab oldi.
- Jonim...
- Qo`yvor... Qo`yvor..! -degancha Olima yuliqib quchog`idan chiqib ketdi.
- Bugun man bilan borasan ho`pmi? -shivirladi Sobit.
- Yo`q hech qachon, siz bilan bormayman...
- Hech qachon, hech qachon dema. Mani aytdi deysan hali shundog`am borasan-ki! -dedi...

Sobit shunday majbur qilib qo`ydiki. Olimani oldida ikkita yo`l qolgandi. Sobitni shartiga ko`nish, yo o`z joniga qarst qilish. Hammani ham joni shirin, sho`rlik qiz ablahni shartiga ko`nishdam o`zga chora topa olmadi...

Sobit qo`rqitish yo`li bilan, bir necha hafta Olimani yonidan jildirmadi. Bu vaqt davomida Olima, bir buyimga aylanib qolganday. Ko`zlarini yumgancha bu ifloslik tugashini kutib yotardi...

Olima tez-tez rektirni mashinasida ketishi bazilarda shufha uyg`otgan bo`ldi. Lekin tilida gap turmaydigan dugonasi o`zi bilmagan xolda Olimani ishini yengillatib qo`ydi. Inistitutda ''Olima rektirni jiyanani ekan'' degan gap tarqadi. Bu ayni muddo edi. Ammo Olima ortiq chiday oldadi. Inistitutni tashlab qishlog`iga ketdi...

Bir necha oydan keyin, rektirni xonasiga so`roqsiz bir qiz kirib keldi.
- Bantman..! -stoldan bosh ko`tardi. -Iya kelibsizda o`ziz?
- Unashtirildim yaqinda to`yib bo`ladi. Iltimos vadangizni bajarsangiz!
Sobit o`rnidan turdi va eshikni berkitib keldi. Asta qizni u yer bu yeridan ushladi. Olima tishini-tishiga qo`yib, asta ko`zlarini yumdi. Ko`zilaridan shashqator yosh oqib tushdi.
- Avval yan bir marta!
- Iltimos ortiq chidolmayman! -dedi.
Sobit razim soldi, oldingi jozibasi yo`qolgan. Ozib to`zib ketgan. Murdadan farqi yo`q.
- Ertaga kel, xal qilamiz. Endi xonani bo`shat...

* * * * *

Oradan bir hafta vaqt o`tgandi. Kechki ovqatga endi o`tirishgan edi. Eshik qo`ng`irog`i chalindi.
Yoshgina xotini o`rnidan turib chiqib ketdi.
- Sobit aka mehmon! deb qaytib keldi. Uning ortidan kelishgan, farishta yuzli yigit kirib keldi.
- Assalom a`laykun!
- Va`alaykun assalom... Odilbek o`g`lim! -bir lahza nima qilishni bilmay qoldi. Na ko`rishish na o`g`liga quchoq o`chishni bilmasdi.
- Dada. -deb yigitni o`zi quchoq ochganidan keyin o`g`lini quchog`iga, bosti. O`n yil ko`rmagan o`glini diydoriga to`ydi, uzoq salom alik qildi. Hatto ko`ziga yosh ham oldi. - O`g`lim, ulg`ayib haqiqiy yigit bo`libsan. -deb o`g`lini bo`y bastiga razim soldi.
Attang gulday oylasidan, xotini, o`g`lidan vos kechib. Qora qoshlarni tuzog`iga ilingandi. Farzandini uvoli tutdimi, boshqa farzantli bo`lmadi. Ikkinchi xonini, o`ynashlari, aldab tuzog`iga ilintirgan qizlar xech biri xomilador bo`lmadi. Hozir o`g`liga termulib o`tirar ekan, qattiq afsus chekardi.
- To`yimga aytgani kelgandim.
- Muborak bo`lsin o`g`lim. Ammo bora olmasam kerak, imtixonlar vaqti yaqin kelib qolgandi! -dedi. Aslida-ku birinchi xotini, tanish bilishlarni ko`ziga qarashdan qo`rqayotgan edi.
- Onam ham, dadam ham tayinlab yuborgan edilar. -dedi.
- Dadang! -o`g`li o`gay dadasini nazarda tutayotgani tushundi. O`gay bo`lsa ham o`g`limga yaxshi tarbiya beribdi hayolidan o`tqazdi.
- Ha, dadam qattiq tayinlagan edilar.
- Ho`p o`g`lim albatta boraman! -deb o`g`liga jilmayib qaradi. Aslida ichidan zil ketdi. Oldida o`z o`g`li beygonani dada deb tursa.
O`g`li ko`p o`tirmadi, tezda ortiga qayib ketdi...

Aytilgan kunga bordi. O`zi yashagan, bolaligi o`tgan qishloq ko`chalar. Bir paytlar shu yerlardan, qo`ni-qo`shni, yor-birodarlardan vos kechib, bosh olib ketgan edi. Man bugun aynan o`shalar quchoq ochib kutib olishdi.
Xotinini qandaydur, xotini o`lib beyva qolgan tiraktirchiga teygangani haqida eshitgan edi. Eshik oldi kelganlarni kutib olayotgan. Qorachadan kelgan, boshiga do`ppi kiygan odamni ko`rdi. Bu o`g`limni o`gay dadasi bo`lsa kerak dedi. Ha bu o`sha ekan, uni yoniga kelgan xotinini darov tanidi. Sobit asta ular tomon yaqinlashdi. Bir birlarini tanib salomlashishdi.
O`sha faqat hiyonat, aldov, azob va g`ariblikdan boshqa hechnima bermagan bu ayolga.
Qo`llari ketmon dastasidan qadog`langa to`lgan. Yuzlari oftob nurida qoraygan, lekin ajib bir yog`du taralib turadi. Bu yuzlar o`sha qora qoshlarni yuzlaridan ming chandon yorqinroq. Peshona terisi, yuvgan ko`zlar ming chandon mehrli. Yonida turgan tiraktirchi, u oddiy tiraktirchi. Bilim bobida ancha pastir, ammo iymon bobida ancha ustun. O`zgani farzandini o`z o`liday ko`rib, tarbiyalagan o`qitgan, mana bugun halol mehnatlari evaziga topganlari el, oldiga yozib o`g`il uylamoqda.
Ularga dam badam qarab qo`yar ekan, g`ururdan ko`kraklarini kerib, boshlarini balant tutib turishlariga xavasi kelardi...

Kelin va kuyov mashinadan tushib kelishdi.
- Dada keliningiz! -dedi mamnun jilmayib yonidagi yoriga ishora qilib.
- Baxtli bo`liylar. -Sobit asta kelinga yaqinlashib, yuzidagi yopinchig`ini ochib peshonasidan o`pmoqchi edi. Kelin o`zin orqaroqqa tortdi.
-Olimaxon bu kishi dadamlar! -kuvoy shivirladi. Sobit asta qizni yuziga qaradiyu, rangi orarib, oyoqlari madorsizlanib ketdi. Kelin boshini quyisolgancha, ko`z yoshlarini yashirib turardi.
- Duo qiling otasi, duo qiling! -atrofdagilar duoga kaftlarini ochishdi.
- Baxtli bo`lilar! -tilidan shu so`z chiqdi xolos.
Kiyov va kelin asta to`yxona, tomon kirib ketishdi. Hamma chalg`iganidan foydalanib, to`yxonadan chiqib ketdi. Mashinasida o`tirgancha achchiq ko`z yosh to`kordi. Lablari esa faqat shu so`zni takrorlar edi.
``Kechir o`g`lim``

* * * * *

Ertasi kuni shum xabar yetib keldi.
Sobit mashinasida avtoxalokatga uchrab, mashina ichida yonib ketibdi...

Bu xayot murakkab bir o`yin. O`yinning hakami yagona tangri. Bu o`yinda g`irrom o`ynaganlar, o`yin davomida jazo olmasligi mukun. Ammo o`yin oxirida, oxiratda barcha g`irromliklar jazosini oladi...

[Tamom.]

220

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz