Войти

Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli soatlar qoldi. Bir ahvolda, o`z yotoqxonamga kirdim. Kayfiyatim biroz tushgan. Sabab juftu halolimning injiqligi. Ohirgi kunlarda juda injiq bo`lib ketyabdi. Aytganini qilmasa qo`ymaydi. Menga yoqmaydigani, unga qattiq gapira olmasligim...

Shikafdan, avvalroq tayorlab qo`ygan qorbobo libosini oldim. U yer, bu yerini to`g`irlab egnimga kiydim. Kuzguga qarab, soqol-moylovni yopishtirdim. Boshimga qalpoq, qo`limga aso oldim. Ko`zgudagi o`z aksimga qarar ekanman, kayfiyatim o`z-o`zidan ko`tarilib ketdi. Sababi bor albatta...
Yangi yil bayramini mendanda ko`proq yaxshi ko`radigan inson bo`lmasa kerak. Opaginam turmushga chiqib farzandli bo`lganidan buyon, har yangi yil oqshomida qorbobo libosida jiyanlarimni hursand qilgani boraman. Ularni ko`zlaridagi shodlikni ko`rib qalbim quvonchga to`ladi. Ayniqsa opaginam, dilbandlarini shodligidan quvonchi ichiga sig`may ketadi. Yaqinlarni quvonchidan ortiq baxt bormi bu dunyoda. O`ylab qolaman, bu ishlarim hudoga hush kelgan. Shuni uchun bo`lsa kerak mega ham o`z sahovatini ko`rsatdi...

* * * * *

Bundan ikki yil avvalgi, yangi yil oqshomi. U paytda hali mashina olmagan edim. Taksi ushlab, hargalgideb opamlarnikiga bordim. Jiyanlarimni xursand qilib, olib borgan sovg`alarimni ulashdim. Biroz o`zim ham mehmon bo`lgach, ortimga qaytdim. Usha payt, ikki kun avval yog`gan, ammo erib ketmagan qor tufayli havo anchayin sovuq edi. Buni ustiga quyuq tushgan tuman sabab, 3, 4 metrdan narini ko`rib bo`lmasdi. Taksi to`xtatib uyga yetib olish uchun, muyulishdan endi burilgan edim. Uncha keng bo`lmagan, ko`chadan ko`pgina odamning shovqini eshitildi.
- To`xta, to`xtat onayni...
Men birornimani o`g`irlab qochayotgan o`g`ri deb o`ylab ularni yo`lini to`sdim. Ammo o`zimga kelib urilgan qorboboni ko`rganimdan keyin xato qilganimni tushundim. Quvayotganlar mast alast bezorilar ekan. Bitta, ikkita bo`lganida eplagan bo`lardim. Ammo o`ntadan oshiq odamni ko`rib yashin tezligida qaror chiqardim. Barchasi mast, aljirab so`kinishidan bilib olish mumkun. Bilib bo`ladimi ularni qo`lidan nima keladi, yana begona shaharda bo`lsam. Yagona to`g`ri qaror quyon...

O`zim ham asoni qo`lga olib yugurdim. Ortimdan qizbolani, ``Voy`` degan ovozi eshitildi. Shundoq qarasam biroz narida qorqiz yiqib yotibdi. Tezda ortimga qaytib uni qo`lidan tutdim. Nazarimda qorqiz qorbobolarni adashtirib qo`ydi. Uni qorbobosi umuman boshqa tomonga yugurib ketdi. U meni begona ekanligimni ham sezmadi. Qo`limdan mahkam ushlab oldi. U bilan uzoqqa qocholmasligimni tushunib, yon tomondagi ko`chaga buruldim va birinchi uyni davozasidan ichkariga kirib oldik. Ortimizda to`rt yoki besht kishi quyovotgan ekan. Yaxshiyam bizni bu uyga kirib olganimizni ko`rmoy qolishdi. Dapir-dupur qilib yugurishib o`tib ketishdi.
- Ketishdimi?
- Ha... Ketishdi!
Qorqizni qo`lini ushlab turgandim. U ovozimdan begona ekanligimni sezib qoldi. Qo`lini tortib oldi.
- Kimsiz? -dedi hayratlanib.

- Kelilar kelaverilar! -ortimdan ayol kishi ovozi eshitildi.
Shundoq qarasam, xovlida patnis ko`targan ayol bizga qarab turibdi.
- Kelavering qorobobo, ichkariga kirilar... - ayol bizni ichkariga taklif qildi. - Bolalar qaraylar qorbobo bilan qorqiz keldi...
Uy ichida shovqun ko`tarildi. Qorqizga qaradim, u ham indamay turibdi. Asta ayolni ortidan yurdim. Qorqiz menga ergashdi...

O`ziyam kattakon oyla yig`ilgan ekan. Shunga yarasha dasturxon tuzalgan. To`rida soqolli otoxon, nuroni momo. Yon verida to`rta, beshda er-xotin. O`n beshtacha nabiralari, qizaloq, bolakaylar bor edi...

- Bolajonlim sizlarni deb tog`lar oshib, keldim. Ko`p sovg`alar olib keldim! -dedim yo`g`on ovozda.

Yonimga kelgan bolakay:
- Sher aytib beraymi? -dedi.
- Aytaqolin, keyin bobom sovg`a beradilar! -dedi qorqiz...

Shu payt zulmatni kesib o`tgan qachmoqday, ko`zlari ochildi. Bir ko`rishda muhabbat bor ekanligiga amin bo`ldim. U shunchalar go`zal-ki. Gul yaprog`iga qo`ngan shabnam misol. Sochlari qalin o`rilgan, lablari nafis atirgul yaprog`idan rang olganday. Ikki yuziga ham qizil bo`yoq surilgan. Kipriklari nayzaday. Ko`zlari yulduzlar jilvasidek chaqnoq. Tabassumi maftunkor, so`zlari muloyim...
- Bobojon... -jilmaygancha ko`z qiri bilan bolakayga ishora qildi.
Qarshimda bolakay qarab turardi, sovg`a kutib. Qalbida buloq misol otilib chiqqan, muhbbat jillag`asining yoqimli shildirashi tufayli quoqlarim hech narsani eshitmadi. Yuragim buyrug`i bilan, butun ongim, yonimdagi go`zal qorqizda edi. Shuni uchun bolakayni sherini eshitmagan bo`lsa kerak...

- Him nima? -dedim qorqizga qarab kalovlanib.
- Sovg`a bering! -dedi.

Sovg`a qayoqda, hatto bo`sh qopimizam yo`q bo`lsa. Yodimga tushgani cho`ntagimda bitta ShiriBOOM (zivachkasi) bor edi. Qidirib cho`ntagimga qo`l soldim. Qo`limga zivachka o`rniga bir dasta pul ilindi. Beli sinmagan mingtalikdan ikkitasini bolani qo`liga tutqazdim...

- O`oooo` zo`r qorbobo ekan! - bolakay pulni olib baqirvordi.
Qaraya sovg`a o`rniga pul bersang bolalar ko`proq hursand bo`lishar ekan. Uy egalari ham hayron pul beradigan qorboboni ko`rib. Bolalar, qizaloqlar bazilari ikki, uch marotaba sher aytdi shekili. O`zim ham chalkashib ketdim, cho`ntakda esa hemir ham qolmadi...

- Endi biz qaytaqolaylik. Bizni yana ko`plab bolalar kutib turibdi! -dedim.
Ammo pul ulashganimiz uy egalariga hush keldi shekili dasturxonga taklif etishdi. Sovuqda yurib qorin ham ochqagani uchun. Yaqindagina keltirilgan issiq shashliklarni ko`rib yo`q deyolmadim. Stulga o`tirdim, qorqizam yonimdagi stulga o`tirdi. Halal bermasligi uchun soqol-mo`ylovimni bo`shatib yomimga qo`ydim.
- Iiiiyuu, qorbobo yosh ekan-ku? -desa bo`ladimi bobosini tizzasida o`tirgan qizaloq.
- Qizalog`im, issiq uyga kirganimda erib, yosharib qolaman-da! -dedim.

Qizaloqni savoli-yu, meni javobim hammani samimi kulgusiga sabab bo`ldi.
Lagandagi shashliklardan bir sihini oldim. Qarasam qorqiz jim o`tiribdi.
- Qizalog`im yo`l yurib, juda ochiqqan bo`lsang kerak? -yug`on ovozga gapirib, qo`limdagi shashlikni qorqizni qo`liga tutqazdim...

Bilmadim uni o`rnida boshqa qiz bo`lganda nima qilardi. Lekin u ochiqko`ngil, anchayin dovyurak qiz ekan.
Mayin jilmayib.
- Rahmat... -deb qo`limdan oldi.
To`g`risi uning tbassumi ko`nglimga moyday yoqib, dilimni yayratardi. Ayniqsa o`zini hotirjam tutishi...

Bir to`rg`am non bilan bir sihdan shashlikni urib, orqasidan bir piyoladan choyni ichib ortimizga qaytdik...

- Keyingi yili yana kelilar... -uy egalari kuzatib qo`ydi.
- Ho`p, kelamiz!
``Yoqmayqolsin!``
asta kelgan yo`limizdan ortga qaytdik.

Chamasi o`n metrlar yurgandik.
- Tegajoqlik qilsayz tishlayman! -dedi qorqiz.
- Tishlayqol... -qo`limni u tomon cho`zdim. - Agar shu po`stindan tishing o`tsa!

Sharta qo`limdagi asoni tortib oldi.
- Uraman agar...
- Tashab qochgan qorbobongni alamini mendan olmoqchimisan?
- qlidan asoni oldim. - Men nomard emasman, vaziyatdan foydalanib qoladigan!

- Ufff... - hursindi.
- Qo`rqma. Topamiz quyon yurak qorbobongni! - O`zizam qolishmisiz! -shivirladi. - Chumchuq yurak...
- Yonimda senday chiroyli qorqizim bo`lganida qochmasdim. Seni himoya qilib kerak bo`lsa o`ntasini adabini berardim...

U kuldi.
- Yonizda siz bilan edim-u. O`shanda qayerda edi josoratiz!
- Aaaa... U paytda meniki ekanligingni bilmagan edim!
- Nima men sizniki?
- Men bilan ekanligingni demoqchi edim!

Yana biroz yurdik, u menga qarab-qarab qo`yardi. Men esa unga.
- Soqoliz qani bobojon!
Yuzimni ushlasam soqolim yo`q.
- Anavi uyda qolib ketibdi, qaytamizmi?
- Yengisini olarsiz!
- Ho`p... Essiz arenda edida...

Birinchi to`qnash kelgan, muyulishga keldik.
- Qorbobong yo`q-ku!
- Yaramas... - havotir bilan yerga bir tepsindi. - Uyimga olib borib qo`ying!

- Nima senga enagamanmi? Bor o`zing ketaver! -dedim, boya chuchuq yurak degani uchun.
- Bir o`zim-a! Ko`chada yomon bollar uchrasa nima qilaman?
Qo`rqib lablari titrab ketdi.

Nazarimda oshirib yubordim.
- Hazillashdim... Qo`rqma gart yuqtirtmay olib borib qo`yaman. Lekin taksiga pulm yo`qda!
- Qolmadimi? Mendaham yo`...
- Hechqisi yo`q. Piyoda gaplashib ketamiz! -dedim.

Bu taklifimga ko`ndi. Avvaliga jim ketdik. Qarasam har-harda kaftiga puflab, issiq nafasi bilan qo`lini isityabdi.
- Ma kiyib ol. Qizalog`im... -qo`lqopimni berdim.
Yuzida tabassum paydo bo`ldi.
- Rahmat bobojon...
Oramizda iliqlik.

- Sizni qorqizingiz qani?
- Hali bo`ydoqman! -dedim.
- Voy... U meni erim emas. Menam turmushga chiqmaganman! -dedi.

Nazarimda u meni no to`g`ri tushundi. Men shunchaki hazirjavoblik qilib aytgandim. U esa meni, qorbobo bilan qorqiz er-xotin bo`lishi kerak deb tushunadigan odam deb o`yladi shekili.
- Nima hali u ering emasmidi?
Atayin talmovsirab, uni o`ylarini tastiqladim.
- Erim emas! -jahli chiqdi. Jahli chiqsa yanaham chiroyli bo`lib ketar ekan.
- Yo`g`e. Hali turmushga chiqmaganman degin? Unda u kim sevgilingmi?
Yelkamga bir musht tushurdi.
- O`zi siz bilan nega gaplashyabman? Nega izoh berishim kerak?
- Shunchaki gaplashib ketaylik degandim-da! - huddi urgan joyi qattiq og`riyotganday yelkamni siladim. - Mana nega o`zim bilan qorqiz olib yurmayman! Qo`lini qattiqliginichi bu qorqizlarni!
- Chivin chanqandayam bo`lgan yo`q! - yana bir musht tushurdi. - U qorbobo qo`shnim edi. Mendan ikki yosh kichik... Siz ham o`zizni sodda ko`rsatib, jahlimni chiqavermang! -dedi achchiqlanib.
- Meni af eting, bir qoshiq qonimdan keching! - dedim, ovozimni kulguli qilib, batta jag`iga tegib.
- Hali shunaqami?
Qo`limdagi asoga yopishdi. Asoni unga berdimda o`zim yugurdim. U esa ortimda quva boshladi. G`irt boqcha bolasiga o`xshardik. Bolaligidan birga o`ynab katta bo`lgan, bohcha bolasidek. Nazarimda, u ham yaqindagina tanishganimizni unitib qo`yganday. Biroz yugurgach, ortimga qaradimda tiz cho`kdim.
- Kechiring meni malikam! -dedim.
Yaqin keldida, qo`imdan ushlab turg`azdi.
- Turing eeeyyy... - asoni qo`limga tutqazdi. - G`irt jinni ekansiz-u! -dedi.
- O`zlariyam qolishmaydilar...
- Boring eee... - arazlab qadamini tezlatdi.
- Qorqiz to`xta... Bu hazil-u...
Uni ortidan yurdim.
- Siz uchragan, har qanday begona qizga shunday hazil qilasizmi? -qoshlarini chimirdi.
- Qorbobo bilan qorqiz bir-biriga begona bo`ladimi?

Bir muddat tikildi.
- Bilmadim... O`zi birinchi marta qorqiz bo`lishim...
Unga yaqinroq kelib, tirsagimni qayirib unga tutdim. Bir qaradida, qo`llarini qo`llarim orasidan o`tqazdi.
- Qizalog`im uyingacha hali uzoqmi?
- Yo`q uzoq emas bobojon...
Huddi ming yillik qadrdonlarday, oramizda iliq munosabat paydo bo`lgan edi. Patrushka qilib ketardik...

Bir chiroyli suhbatlashib ketayotgan edik.
- Ana yetib keldik. Huu ikkinchi qavat chapdan to`rtinchi deraza!
- Keyingi yili ham qorqiz bo`lmoqchi bo`lsang menga ayt, ho`pmi?

U jilmayib bosh qimirlatdi.
- Balki uyga kirarsiz!
- Mayli boshla! -undan oldinga o`tdim.
- Heey shunchaki aytdim. Uyda dadam-oyim bor...
- Bo`lmasa boshqa kelarman. Oyim bilan...
Ko`ziga tikildim.
Ko`zlarini olib qochdida, labini kafti bilan berkitib miyg`ida kuldi.
- Orzuga ayib yo`q...
- Sen orzu bo`lsang...
- Hee qorbobo, uyizga ketaqoling-aaa...
- Senga sovg`a bermasdan-a? -cho`ntagimdan yo`qolgan zivachkani qidirdim. - Ko`zlaringni yum?
- Nega?
- Sovga beraman. Ahir qorboboman seni sovg`asiz qoldirsam bo`lmas. Yumaqo ko`zingni?

Qo`lqoplarni yechib o`zimga qaytardi. So`ng kaftini ochib, ko`zlarini yumdi. Bir muddat chiroyiga tikildim. Zivachkani asta kaftiga qo`ydim bir vaqtni o`zida yuzidan cho`p etib o`pdimda, tushurib qolmasin deb o`zimni orqaga oldi.
- Bu nima qilganiz?
- Haligi... -uyalganidan qizarib ketgan qorqizni ko`rib, nima qilishni, deyishimni bilmay qoldim. - Yaxshi ko`rib qoldim shekili.

U atrofga bir alanglab oldida, ortiga yurdi.
- Ismim Shamsiddin. Sen ismingni aytmading-ku?
- Gavhar...
- Gavhar, men oyim bilan kelaman...

U esa javabon, jilmayib qo`ydi...

O`sha damda mendanda baxtli odam yo`q edi. Uyga qaytar ekanman. Telbaday sakrab, baqirgim, qo`shiq aytib, o`yinga tushgim kelardi...

* * * * *

Hozir ko`zguga qarab turar ekanman, o`sha kungi xolatimni eslab yuzumga tabassum yugurdi.
- Nega ko`zguga qarab ishshayabsiz? -rafiqam xonaga kirdi. Kuzguga yaqin kelib yelkasi bilan meni nari turtdi. - Suriling!

Unga joy boshatib, qo`llarimni ko`ksimga qovushtirib, ko`zgudagi harakatlarini kuzatdim.
Ko`k rangli, jimjimador yarqiroq qorqiz libosida. Labiga labbo`yoq surdi. So`ng labbo`yoqdan barmog`iga surib ikki yuzini qizartirib oldi.
- Yo`l bo`lsin xonim?
- Siz bilan...
- Shu xolizdaya?
- Nima qilibdi, opamlarni ko`rib kelaman...
- Ko`rganlar nima deydi. Homilador qorqizni ko`rib kulmaydimi?

Egnidagi kiyimni tarang qilib tugmasini qadab, olti yarim oylik homilasini berkitdi.
- Mana bib-binoyideb birov bilmaydi-yam...
- anchayin bilinib turgan homilasiga ko`zgu orqali qaradi. - Ha nima..? Sizni yolg`iz jo`natamanmi?
- Gavhareey, senga qolsa, meni sandig`inga yashirib qo`ysang-a? -yelkasidan ohista ushladi.
Chimildiqqa kirganday, qizarib erkalandi.
- Yolg`iz qorbobo deb birorta qorqiz yo`ldan urmasin deymanda!
- Seni qarayu, -ohista quchoqladim. - Allaqachon o`zing yuragimdan urub bo`lgansan-u! Qalbimda sendan boshqasiga o`rin yo`q. O`zimni rashkchi, mehribon qorqizim...

* * * * *

YANYI YIL HAMMANGIZGA BAXT, OMAD, SOG`LIK OLIB KELSIN...
2017-YIL MUBORAK AZIZLAR...

* * * * *

Tamom...

Muallif: -MAJNUN-

218

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz