Войти

Sobir erta tongda uyg`ondi, chaylasidan chiqib. Tog`ning eng musaffo havosidan o`pkasini to`ldirib-to`ldirib ichiga yutdi. Balant-past yerlarga ekilgan, pista daraxtlariga qaradi. Kecha tunda yog`gan yomg`ir, butun borlig`ni g`uborlardan poklaganday.
- Bularni qara farishtam! Biz ekkan daraxtlar, bu yil yanada ko`p hosil beradi. Hali yig`ib olsak judayam boyib ketamiz. O`g`limizga, O`g`limgaaa...! -chuqur uuuh tordi...
Ko`zlarini qattiq yumib, yuzini ufuqqa qaratdi. Ko`chkida halok bo`lgan rafiqasi Barchin, hali bir yoshgaham to`lmagan o`g`lini siymosini tasavurida jonlantirdi. Hayolida ular xaliham tirikday.
- Farishtam san xali ham o`sha-o`shasan.
Go`yo o`g`li, rafiqasi unga omad tilab jilmayib qaraganday, o`zining ham yuzida tabassum paydo bo`ldi.
- Farishtam san o`g`limiz bilan shu yerda turgin. Man pastga tushib bulog`dan suv olib chiqay... Ho`p-ho`p ehtiyot bo`laman. -dedida eski suv idishni olib so`qmoq yo`ldan pastga tusha boshladi...

Sobir bundan, 6 yil avval, shu bobosidan qolgan tog`dagi yerlarga, rafiqasi bilan kelgan edi. Bobosi ekkan pista daraxtlarin parvarishlab, chala joylarga o`zi ham ekan. Bir-ikkita xujra, bir-ikkita chayla qurib, bu yerlarda yashab yurishgan edi. Rafiqasi bazi-bazida pastga tushib qishlog`ga borib kelardi. O`sha kuni, Sobir rafiqasi va o`g`lini tog`da qoldirib o`zi pastga tushib ketgandi. Ammo to`satdan kelgan yomg`ir, tog`ga qaytib chiqishiga imkon bermadi. Tog`da qolgan rafiqasi va o`g`lidan qattiq xavotir olsada so`qmoqdan ko`tarila olmadi. Buni ustiga yomg`ir tongacha tinmadi. Yomg`ir tinganda esa, o`sha mudhish falokat ro`y bergan. Ularni ko`chkida qolgan jasadlarini ko`rganda esa, jinni bo`layozgan edi...

Ko`p o`tmay hammasiga ko`nikdiyu, ammo rafiqasi bilan gaplashadigan bo`lib qoldi. Tog`da yolg`iz bo`lgani uchun balat ovozda gaplashaverardi. Bor-bora bu odatga aylanib qoldi...

Telba... Odamlar uni shunday deb ataydigan bo`ldilar. Agar o`shanda bu falokat bo`lishini bilganda edi. Hech qachon rafiqasi va o`g`lini yolg`iz qoldirmagan bo`lardi. Mana yana so`qmoqdan pastga, bulog` bo`yiga tushib borar ekan. Hayotini batamom o`zgartirib yuboradigan insonni uchratishi, yetti uhlab tushiga kirmagan bo`lsa kerak...

Tuni bilan, buloq oldida qolgan. Usti boshi jiqqa ho`li. Isitmasi balantligidan yurishga ham holi qolmagan. Allaqachon o`limiga rozi bo`lib ulgurgan Ziyoda, tog`dan tushib kelayotgan. Soqol moylovi salkam bir qarich o`sib ketgan kishini ko`rib qo`rqib ketdi. Sobirni bu aftini ko`rgan kishi terorchi bo`lsa kerak deb o`ylashi aniq. Ehtimol Ziyoda ham shunday o`ylagan bo`lsa ne ajab. Shuni uchun o`zini daraxt panasiga olgandur. Lekin o`zining yorqin libosi bilan, berkinib olishni uddasidan chiqa olmadi...

Sobir hayratdan qotib qolgan edi. Qarshisida ustiga, ko`kragiga allambalolar yozilgan, qizil futbolka kiyib olgan. Buyog`iga tizzadan bir qarich baland mini yupka. Balant poshnali tufli, ilon terisiday, rang-barg kalkotka, kiyob olgan qiz qo`rquvdan yoki tog`ning salqin havosidanmi dag`-dag` qaltirar edi. Asta qizga yaqinlashdi. Qiz yanada qo`rquvga tushdimi, orqaga uch-to`rt qadam yurdiuy, nogoh oyog`i qayrilib o`tirib qoldi. Shoshgancha balant poshnali tuflisini oyog`idan yechib Sobirga o`qtaldi.
- Yaaaqinlashmang!
- San kimsan, bu yerlarda nima qilib yuribsan? -Sobir qizga yordam berish maqsadida yanada yaqinlashdi.
- Yo`qooool, o`ldiraman! -qiz yig`lab yubordi. Qo`lidagi tufli bilan urmoqqa shaylandi. Sobir qizni qo`rqitib yuborganini sezib orqaga qaytdi. Asta bulog`ga engashib, idishiga suv to`ldirar ekan, qizga etibor bermaslikka urunardi. Qizga qaramay savol berdi:
- Kimsan bu yerlarda nima qilib yuribsan?
- Adaaashib qoldim! -dedi qiz, sovuqdan qaltirab.
- Ahvoling yaxshimi, tundagi yomg`irda qolganga o`xshaysan?
- Haaa, yommmg`irrrda uviib ketdiiim... Amaaaki o`ziz kimmmsiz? -dedi qiz. Qiz amaki degani, qulog`iga g`alati eshitilib bey ehtiyor kulgusi keldi.
- Oddiy bog`bonman, yuqorida bog`im bor!
- Amaaaki yaxshiii odammmga o`xshaysiz, uyimmmga qanday ketsam booo`ladi? -dedi.
Sobir idishini to`ldirib bo`lgach, asta o`rnidan turdi.
- Anovi yerda, so`qmoq yo`l bor, pastga tushib ketaverasan katta adir keladi. Kun chiqarga qarasang daraxtlar ko`rinadi. O`sha yerda qishlog` bor. Qishlog`ga yetib olsang, uyog`iga yo`lni ko`rsatib yuborishadi!
- Uzog`mmmmi?
- Piyoda ikki soatli yo`la... Ammo san bu bigiz poshna tufliginda, bilmadim qachon yetib olasan!
- Aaaa... Boshqa yo`li... -qiz yana Sobirga qo`rqa-pisa qarab qo`ydi.
Sobirni negadur, bu qizga rahmi keldi. Asta egnidagi eskirib ketgan ko`ylagini yechdi va qiz tarafga yurdi. Qiz ham bu kishi yordam bermoqchi ekanini tushunib. Undan o`zini olib qochmadi. Sabir qizga yaqinlashar ekan, qizni yuziga ajablanib, hamda hayratlanib qarardi. Bu qizni qayeridur, rahmatli rafiqasi Barchinni yodiga solardi.
Sekingina qo`lidagi ko`ylakni qizni yelkasiga tashladi. Yana botinib, qizni yuziga qarashga urunardi. Qiz ham kiprik qoqmay Sobirga termulib turardi. Biroz sovuqdan dir-dirab turgan qizni chehrasiga termulib qoldi...
Eee voh, agar labini chetidagi xoli bo`lmaganda... Quyub qo`yganday Barchinga o`xshar ekan. Ammo... Sobir qizni usti boshiga yana bir qarab oldi. Mani Barchinginam bundayin beyhayo emasdi, u meni yuzimga tik boqmasdi. Bu kim o`z? Kiprik qoqmay termulib turibdi...

Asta qizni uvib ketgan sochlari tagiga qo`lini tiqib, kaftini orqasini qizni peshonasiga qo`ydi.
- Isitmang bor... Olov bo`lib yonyabsan!
- Boshim, aylanib ketyabdi amaki? -shivirladi qiz.
- Agar ho`p desang, tepaga chiqamiz! U yerda chaylam bor, isitmang tushganidan keyin. O`zim qishlog`ga olib borib qo`yaman!
- Mayli amaki! -dedida qo`lidagi balantposhna tuflisini oyog`iga kiya boshladi.
- Tog`ga ham, shunday oyoq kiyimda chiqadimi. Yiqilsang to`g`ri... Mana mani oyog`imdagini kiyib olaqo! -Sobir tezda oyog`idagi etigini yechib qizga uzatdi. Qiz biroz irg`andi, ammo kiyib oldi, garchi oyog`iga katta bo`lsa ham.
- Yura olasanmi, yo? O`zim chiqa olaman!
- Unda ortimdan yur, ehtiyot bo`l juda sirpanchiq! -dedi.
Sobir oldinda, yalang oyoq. Bir qo`lida, suv idish asta tepaga ko`tarilib borardi. Ortidan qiz ham borardi ammo, charchab qoldimi ikki-uch bor chayqalib ketdi.
- Qo`limdan ushla, bo`lmasa yeqilishing mumkun! -Sobir bir qo`lini qizga uzatdi. Qiz ham bunday yordamga juda muhtoj bo`lgani uchun, Sobirni qo`lidan mahkam ushlab oldi...

Nihoyat tepga chiqishdi. Sobir qizni, hujralardan biriga olib kirdi.
- Mana shu yerda, dam olvolishing mumkun. Man hozir, sochuq, toza kiyim olib beraman. O`zim suv isitaman agar istasang yuvinib olishing mumkun! -dedi.
Qiz bu taklifga rozi ekanligini bildirib bosh chayqab qo`ydi...

Sobir nargi hujradan rahmatli rafiqasining ko`ylak-lozimi, kovishi, rumolini olib chiqdi. O`zi esa tezda qumg`onda suv isitib bir chelak iliq suv tayorladi. O`zi asta xujraga kirdi. Qiz o`zi boshini yostiqqa qo`yib yotardi.
- Suv isitib qo`ydim... Manabu toza kiyimlar! kiyimlar!
Qiz kiyimlarga qarab hayron bo`ldi.
- Bu kiyimlar, xotinimnitki!
- Xotiningiz bormi?
- Yo`q, u olamdan o`tgan... Toza bemalol kiyishing mumkun. Mandan uyalib o`tirma, man pastga bulog`dan suv olgani tushib ketyabman. San chaylaga kirib yuvinib ol, keyin nonushta qilamiz! -dedi va qizni qoldirib o`zi pastga yana suv olib chiqgani tushib ketdi...

Sobir qaytib chiqganda, qiz yuvinib kiyib hujrada uxlab yotardi. Sobir asta hujraga kirdi, qiz buni sezdi. Ammo ko`zlarini qattiq yumib olib, o`zini uhlaganga oldi. Sobir asta qizni tepasiga keldi, unga uzoq termuldi ``Huddi quyib qo`yganday... Lekin Bu boshqa-boshqa!`` deb shivirladi. Yana qizning peshonasiga qo`lini qo`ydi. So`ng hujrani tar etti, ammo sal o`tib yana qaytib keldi. Qiz hali ham, o`zini uyquga solib lekin, havotirda yotardi. Ammo peshonasiga muzdak narsa tekkanida, bey ehtiyor ko`zlarini ochdi.
- Bu bulog` suvida uvitilgan, isitmangni tushuradi! -dedi.
Qiz yana asta ko`zlarini yumdi. Endi ko`ngli xotirjam, bu kishi yaxshi inson ekanligiga iymoni komil edi. Shuni uchunmi zum o`tmay uyquga ketdi...

Kimdur yeklasini, silab uyg`otdi. Qizi ko`zini ochar ekan tepasi turgan boyagi erkakni ko`rdi.
Sobir yana qizni peshonasini ushladi va chuqur uuuh tortdi:
- Hayeryat isitmang tushdi. Isitma-bezgak bo`lasanmi deb qo`rqqan edim, boshing aylanmayabdimi? -dedi.
Qiz biroz o`rnidan qo`zg`oldi:
- Hali ham aylanyabdi!
- Bu ochlikdan, qorning ham rosa ochqagandur?
Qiz bosh chayqab tastiqladi.
- O`rningdan tur abet bo`ldi, issiq mastava pishirdim birga ichamiz!
- Yuuu rahmat, hechnima yemayman!
- Yemasang, battar kasal bo`lasan! -dedi Sobir...

Qizni ko`ndirib, tashqariga olib chiqdi. Qiz atrfga qaradi, qanday chiroyli joylar. Quyosh ham tepaga chiqibdi demak rostdan abet voqti bo`libdi. Soya-salqinga yerga to`shalgan kiygiz sholcha ustiga dasturxon yozilgan. Asta bir chetiga o`tirdi. Sobir ikkita kosaga mastava quyib keldi. Bir kosani qizni oldiga qo`ydi.
- Ol ichib ol, tez tuzalasan! -dedi.Qiz ko`zlarini, Sobirdan uzmay uzoq termulib turdi. Balki bu soqoldor kishini ovqatini ichkisi kelmayotgandur. Ammo ochlik...
Qiz asta labini chimirib ovqatdan bir qoshiq o`g`ziga soldi. So`ng bir bo`lak, lachirani tishlab chaynay boshladi. Ovqat ham shunchalik mazali bo`ladimi?
Tezda kosani tagi ko`rinib qoldi.
- Yana suzib kelaymi?
- Yuuuq! -qiz bosh irg`itdi.
- Bir kosa ovqat nima bo`ladi. Quvvatingni tiklab olishing kerak! -Sobir kosani olib, qozon bo`yiga ketdi. Ovqat suzib olib kelib, qizni oldiga qo`ydi.
- Ol, tortinmay ichaver!
- Rahmat amaki? -dedi qiz.
Sobir bey ehtiyor jilmaydi:
- Amaki dema, hali 30 kirmaganman! -dedi.
Qiz yana termulib qoldi. Bu hayosizlarcha nigohlar oldida. Sobir dosh bera olmay, ko`zlarini olib qochdi.
- Bu libos sanga juda yarashibdi. Huddi tog`lik ayollardaysan! -dedi.
Qiz bey ehtior o`ziga qaradi. Hayotida bunday sipo libos kiymagan. Oyog`iga kapron, kalkotkalardan ko`ra lozim yarashar ekan. Yenglik ko`ylak qanday qulay-a! Umrida rumol ko`rmagan sochlar...
Bey ehtiyor boshidagi rumolni ushlab qo`ydi. Asta yuziga qizillik yugurdi. Bu libosni egasini, hayo-ibosi uning jismiga singib borayotganday. O`zining qanchalik, bey-yuz ekani, yuzsizlarcha hatti harakati uchun uyalab ketdi...

Sobir asta qizga bir qarab oldi:
- Bu libsda, huddi rahmatli hotinimga o`xshab ketibsan!
- Hotiniz qachon vafot etgan?
- To`rt yil avval, ko`chkida... -dedida, bir hursinib uzoq-uzoqlarga termuldi.
- Kechiring amaki? -dedi qiz.
- Amaki demagin... Yoshim 29 da... Ayol, qizlardan yoshini so`rash odobsizlik, ammo man...! -dedi.
- Meni yoshim 24 da! -dedi qiz Sobirni gapini tushunib.
- Hech qancha farq yo`q ekan. Mani ismim Sobir, Sobir aka deyishing mumkun!
Qiz, Sobirni uzun soqoliga qarab biroz ishonqiramadi ammo:
- Mani ismim Ziyoda... Sobir aka...!
- Yaxshi Ziyoda, endi manga bir narsani tushuntir. Qanday qilib bu yerlarga kelib qolding?
- Dugonalarim bilan aylangani kelgan edik!
- Unda sandan rosa ilhaq bo`lib qidirib yurishgandur?
- Ifloslar, qidirarmidi! -deb yubordi.
- Ha, mayli tayorlan sani qishlog`ga olib borib qo`yaman!
- Hozirmi?
- Istasang qolishing mumkun, erga ertalab olib tushib qo`yaman. Kechgacha uyinga yetib olasan!
- U yog`iga qanday ketaman?
- Mashinada... Ha puling yo`g`mi, havotir olma o`zim pul beraman! -dedi Sobir.
- Ho`p...

Ziyoda yana xujraga kirib ketdi. Yostiqqa bosh qo`yib mizg`ib qoldi. Kimningdur gapirayotgani qulog`iga chalindi. Asta o`rnidan turdi, shom tushib atrof qoraya boshlagan. Ammo tashqarida tushib turgan olovning shulasi, diqqatini tortdi. Yana kim bor ekan? Deya eshikni qiyalatdi.
Sobirning o`zi, qozonda ovqat qilmoqda. Lekin balant ovozga gapirmoqda. Ziyoda o`zini bildirmay, uning gaplarini tinglay boshladi. Avvaliga bu telbaning gaplaridan kulgusi keldi.
- Farishtan, u qiyofasidan xuddi senga o`xshaydi. Lekin harakteridan shaxarlikka o`xshaydi. Uni sen yubording-aaa!
O`zim ham shunday deb o`ylagan edi. Bo`lmasa huddi senga o`xshagan bo`larmidi! Farishtan unga yordam bergim kelyabdi! -dedida asta qayrilib hujra tarafga qaradi. Ziyoda buni sezib darov, eshikni berkitib qo`ydi. Sobir yana gapida davom etdi.
- Farishtan u hujarda, sani kiyimlaringni bergandim, hafa emasmisan! -deb gapirardi.
Zilola hujrani ichida bo`lsada, bu telbani gaplarini uzoq vaqt eshitib o`tirdi. Endi, kulgusi kelmas, aksincha unga achina boshladi...

Sobir ovqatni pishirgandan, keyin Ziyodani chaqirdi. Shamchirog`ni yorug`ida o`tirib, birga ovqatlanishdi.
- Sobir aka, qo`liz shirin ekan!
- Ovqatim, yoqganidan hursandman. Manabu choydan ich! -Sobir qumg`onga damlanga choydan bir piyola quyib uzatdi.
Ziyoda piyoladan kelayotgan hushbo`y hidni hidlab ko`zlarini ohista yumdi.
- Bu yalpizmi?
- Ha, topding. Bu tog` yalpizli choy, juda foydali! -dedi.
Ziyoda choyni ichar ekan, bu yaxshi insonga qanday minnadorchilik bildirsam ekan deb o`ylab qoldi. Hayoliga kelgan, narsadan o`zi ham ikkilanib qoldi. Lekin u baribir erkak-ku!
- Ziyoda ertaga tongda ketamiz. San hujrada yotaver qo`rqma. Man yon tarafingdagi hujrada bo`laman!
- Ho`p! -dedi, o`rnidan turdi. Negadur ayol kishi ekani yodiga tushib, asta dasturxonni yig`ishtira boshladi. Hatto uyida, qilavermaydigan ishini ham qildi. Qozon tovog`larni yuvdi, chala-chulpa bo`lsa ham...

- Ziyoda buyoqqa kel! -Sobir Ziyodani o`z hujrasiga boshlab kirdi. Sobir o`rtacha kattalikdagi, hatto qufi ham yo`g` qutini ochdi. Ichidan kattakon tarvuzni o`lchamidagi og`irgina, durraga tugulgan tugunni oldi. Shamchiroqqa qo`yib tugunni ochdi.
Ziyoda tugunni ichidagi pochka-pochka pullarni ko`rib og`zi ochilib qoldi. Hayrat bilan Sobirga qaradi.
- Hayron bo`lma, pista bozorda qimmat turadi, bog`imdagi pista daraxtlarini ko`rding-ku!
Hayotida pista daraxtini ko`rmagan, daraxtlarni oddiy daraxt deb o`ylagan bolsada.
- Ha! -deb tastiqladi.
- Ol istaganingcha olvol!
-...! -Ziyoda yanada hayratga tushdi.
- Ol olaver!
- Rostdan, olsam bo`ladimi?
Sobir jilmayib qo`ydi.
Baribir ertga ketaman, bu darvesh bilan qayta uchrashmayman-ku! Degan hayolda, sham chiroq shulasida ko`rinib turgan, 5-10 dona dollarlarni changalladi. Yana bezbetlarcha Sobirga bir qarab olgach, bir pochka 1000 talikni ham oldi.
- Shu yetadimi? -so`radi Sobir.
Ziyoda yana olsammikin degan hayolda, pullarga qarab qo`ydi:
- Bo`ladi, shu bilan uyga yetib olaman! -dedi.
Sobir qolgan pullarni, tugub yana joyiga qo`yib qo`ydi...

Tun yarimlaganda bo`lsa ham, Ziyoda beydor yotardi. Uning fikru-hayol, telbaning qutusidagi pullarda. Agar bu pullarni ololsa edi, bitta mashina naqt. O`ylagani sayin, nafsi yanada hakalak otib bormoqda edi. Pullarni olvolsam bo`ldi, tongacha qishloqqa borib olaman. Uyog`iga esa...

Asta sham shiroqni ko`tarib Sobirni hujrasiga kirdi. Sobir taxtadan yasalgan supa ustida uxlab yotardi. Asta yurib quti oldiga kelganda Sobirni uyg`otib yuborganini sezdi. Nima qilarini bilamay, biroz ikkilanib qoldi. Ammo tezda chorasini topdi. Shamchiroqni quti ustiga qo`yib o`zi Sobirga yaqinlashdi. Avval lozimini keyin egnidagi ko`ylagini yechdi. Sobir qotib qolgandi, u bu kabi qiyofani bundan bir necha yil avval ko`rgan. Endi yana huddi rafiqasi Barchin tirilib qaytib kelganday. Ziyoda ham sekingina Sobirni ko`ylagini yecha boshladi. Sobirni tanasini ko`rib, chindan ham hali 30 ga to`lmagan erkak ekanligini tushundi. Shunchaki o`sib ketgan soqoli uni 10-15 yoshga qaritib ko`rsatar ekan...
Ziyoda o`z hunarlarini ishga solib bir zumga bo`lsada Sobirni aqlini o`g`irladi. Birzumga bo`lsada, Ziyodani o`z xotini deb tasavur qilib Ziyodani ustiga chiqdi. Ehtirosli ovozlar, oh-vohlar Ziyoda Sobirni tagida to`lg`ona-to`lg`ona, unga lazzat baxsh etdi. Ziyoda, Sobirning tog` xavosida sug`orilgan, metinday quchog`iga g`arq bo`ldi...

Bir necha soat o`tgach, Ziyoda asta o`rnidan turdi. Sobir esa uhlardi. Ziyoda ohistalik bilan ko`ylak-lozimni egniga kiydi. So`ng asta quti tomon yaqinlashdi. Qutuni endi ochayotgan edi. Sobir qimirlab teskari qarab yotib oldi. Ziyodani esa nafasi ichiga tushib ketdi. Sobirga bir qarab qo`ygach, pull to`la tugunni oldi. Qutuida yana boshqa narsalar bor ekan. Mushtakkina tugulgan dasrumolchani oldi. Ichida nima borligini bilish uchun shosha-pusha ochdi. Tilla taqinchoqlar, hayajonlanib ketti bey ehtiyor qolidan tushurib yubordi ``tap`` etib pastga tushdi. Sobirni uyog`ib yubormadimmikin degan hayolda Sobirga termulib qoldi...

Sobir esa teskari qaragancha, qimir etmay yotardi. Ko`zlar ochiq, lablari yarim jilmaygan holatdi. Bu qiz o`zini tunab ketayotganini bilsada undan xafa emas. Asta ko`zlarini yumub uxlashga urundi.
Ziyoda esa, Sobir uhlab yotganiga ishonchi komil edi. Asta pastga tushgan, tillarni olib, pull solingan tugunni bir chetiga soldi. Yana birornima bordur degan ilinjda quti ichiga qaradi. Nogoh ko`zi o`z qiyofadoshiga tushdi. Ramkaga solingan suratni qo`liga oldi. Sobir va Barchinning nikoh to`yi oqshomida tushgan suradi. Ziyoda Barchinni chehrasiga, qarab chindanda bir-birimiz o`xshab ketadijan jihatlarimiz bor ekanmiz deb hayolidan o`tqazdi. Ammo u.... Uning ko`zlari farishtali, baxtidan shirin tabassum qilib turibdi. Nohot yonidagi norg`il yigit shu bo`lsa. O`grilib Sobirga bir qarab qo`ydi. Barchinni suratiga tikildi, chindam bu menga o`xshagan ayol farishtadek ekan...
Beyhos ko`zidan ikki tomchi yosh dumalab tushdi. Yuragini tub-tubida qolib ketgan vijdani uyg`onib, o`z-o`zidan jirkanib ketdi. O`pkasi to`lib, yig`lab yubormaslik uchun kaftini lablari ustiga boshdi. Agar hozir bu halaskor insonni sho`rini quritib ketsa. Ertaga o`zini bor budini o`rmarib ketgani ko`rgan, bu inson qay ahvolga tushishi tasavur qildi. Vijdoni yanada qattiq qiynalardi. Asta hamma narsalarni joy-joyiga qo`ydi. So`ng shamchiroqni ko`tarib hujrani tark etdi. Hujra ichi qop qorong`u zulmatga cho`mdi. Sobir asta bshini ko`tardi. U Ziyoda hamma narsani o`marib ketganiga ishonchi komil edi.
Mayli man roziman shu pullar manashu qizni hursanchiligiga yarasin. Chin ko`ngildan Ziyodaga oqyo`l tilab qo`ydi. O`zi esa yostiqqa bosh qo`ydi...

Tong otganda uyg`ondi, hujradan chiqar ekan. Qozon osib nonushta tayorlayotgan Ziyodani ko`rib xayratga tushdi. Tezda orqasiga qaytib quti ichini ochdi. Hammasi joy-joyida. Qaytib chiqdi. Ziyoda salom berib nonushtaga taklif qildi. Nonushtaga tayorlanga ovqat o`xshamagan, ammo Ziyoda astoydil harakat qilgani ko`rinib turardi...

O`sha kuni Ziyoda ketaman demadi, Sobir obil borib qo`yaymi demadi. Asta kunlar o`tar, Ziyoda ovqat, kirlarni yuvar qo`lidan kelgancha Sobirga qarashardi. Tunda esa uning qo`yniga kirardi...

Oradan bir hafta vaqt o`tgan edi. Sobir yana bulog` bo`yiga keldi. Idishga suv to`ldirar ekan, bulog`ning zilol suvida o`z aksini ko`rdi. Soqol, moylovi 80 kirgan cholnikiday! Ohirgi marta qachon qirtishlaganini ham eslolmadi.
- Farishtan, u harakat qilyabdi! Sangaham yoqdimi? Nima ko`narmikin! Agar so`rasan ketib qolsaya, yana yolg`iz qolaman. Ho`p-ho`p farishtam so`rab ko`raman, avval manabundan qutulay! -Sobir soqolini ushlagancha yana xotini bilan gaplashdi...

Sobir hujraga kirib, ustarasini topib chiqdi. Avval qaychida soqolini tayidan qiyib tashladi. So`ng sovun surib asta qirtichlay boshladi. Ziyoda zimdan kuzatib o`tirar ekan, qarshisidan chol qiyofasidagi kishi, asta kelishgan yigitga aylanayotgan edi. Sobir yuvindi tarandi, toza kiyimlarni kiydi...

Ziyodani yoniga keldi, asta qo`lidan ushlab:
- Ziyoda, man bilan qolasanmi?
- Him!
- Nikoh o`qitsak nima deysan?
Ziyoda endi, istasa ham Sobirni yuziga tik qarashga jurati yetmasdi. Asta bosh egib:
- Roziman! -dedi.
Sobir bey ehtiyor Ziyodani qattiq quchoqladi.
- Tayyor tur, man borib Hamid cho`ponni aytib kelaman, bizni nikohlab qo`yadilar! -dedi...

Sobir pastga tushib ketdi. Ziyoda juda xursand. Hujradagi sandiqdan Barchinni kiyimlarini olib bir-bir ko`rar ekan, u ham o`zi bilan o`zi gaplashar edi.
- Ziyoda mana san ham bir yaxshi yigitga yor bo`lasan. Endi jirkanch ish... -asta homush tortdi. Qora o`tmishini o`ylab dili hira bo`ldi.
- Qancha-qancha ayollarni istirobga solib, endi o`zim qanday baxtli bo`lman! -deb o`ylab qoldi. O`tmishini, qanday ayol bo`lganini, Sobir bilib qolishidan havotirda edi.
Cho`pon kelib, ikkisiga nikoh o`qiyotgada ham shu haqida o`ylardi. Uchunchi bor roziligini so`radi. Ziyoda biroz sukut saqlab turdida:
- Roziman! -dedi. Bo`ldi endi buyog`i taqdirimdan deb qo`yaqoldi...

Asta xaftalar o`ta boshladi. Sobirning mehri-muhabbati, xar qanday ayolni sarmas qiladi. Ammo Sobir qanchayin ko`p mehir, etibor bersa. Ziyoda yanada qiynalar. Vizdan azobi uni qiynar. Bu dunyoda kimgaham kerak, ota onasi o`lib ketishgan. Ikki opasi bo`lsa o`zilari bilan o`zlari ovora. Mehir ko`rsatmoqchi bo`lganlar ham vaqtincha. Hayotida birinchi bor kimgadur kerakligini xis qilganda esa...

Bu insonga munosib emasligidan, uni aldagani uchun bir kun og`ir jazo kutib turganini har lahza xis etardi. Ikki oycha yashagandan keyin ortiq bu azoblarga dosh bera olmasligini tushundi.Sobir erta tongda turganda yonida bir nimalar yozilgan, bir parcha qozog` turardi. Tezda olib o`qiy boshladi: ``Sobir aka men ketyabman. Men sizga loyig` emasman. Ziyoda.``
Sobir hech nimani tushunmay so`qmoq yo`lga yugurdi. Adirga yetmasdan Ziyodaga yetib oldi.
- To`xta azizam qayoqqa ketyabsan?
- Ortiq chidolmayman ketishim kerak! -dedi Ziyoda.
- Sani hafa qilib qo`ydimmi?
- Yo`q Sobir aka sizdan bir umur minnaddorman.
- Unda nega ketyabsan ahir baxtli yashayabmiz-ku?
- Ketmasam bo`lmaydi, iltimos yo`limni to`smang.
- Mayli tog`da yashab zerikkan bo`lsang, aylanib kelaqo yaqinlaringni ko`rib kel sanga ruhsat beraman.
- Yo`q man qaytmayman.
- Unda sababini aytib ket, mani savollar ichida qoldirma?
- Iltimos mandan buni so`ramang. Man sizga munosib emasman!
- Mayli ketaver, ammo qaytib kel. Bo`lmasa o`zim izlab topaman!
- Bo`lmasa eshitingggg! Man siz o`ylaganday pok ayol emasman. O`sha kuni dugonalarim emas, bir nechta yigitlar mani bu yerga tashlab ketgan edi. Chunki man bu yerga ular bilan kelib ularni ko`nglini hushlaganmannnn... -Ziyoda baqirib yig`lab yubordi. - Ha man shunday yaramasman, sizni mehrizga munosib emasman. Ortiq sizni aldagim yo`q. Agr lozim topsayz talog`imni bering... -dedi.
Sobir bu gaplardan keyin qotib qolgan edi. Ziyoda Sobirdan hech qanday sado chiqmagandan keyin yo`lida davom etdi. Qaytib orqasiga qaramadi...

Oradan ikki yil o`tdi. Ziyoda kattakon restaranning oshxonada. Qo`lida rezena perchatka, oldida partuk qo`li-qo`liga tegmay idish-tovoq yuvmoqda.
- Ziyoda mana bularni ham yuvib qo`y. -oshpaz ayol bir dunyo yuqsiz idish-tovoq olib kelib Ziyodani yoniga qo`ydi.
- Ho`p bo`ladi! -Ziyoda bundan xafa emas, aksincha mamnun. U endi to`g`ri halol yashashni o`rgangan. Tanasini sotib 100 ming topgandan, halol ishlab topgan 10 so`mi totliroq ekanini tushungan.
- Kimsiz bu yerda nima qilyabsiz? -dedi, oshpaz yordamchisi. Ziyoda o`z ishi bilan bant, oshxonaga kim keladi, kim ketadi ularga etibor bermaydi.
- Siz kimsiz o`zi? -yana o`sha savol.
- Ziyodaaa! -bu o`sha oshxonaga kirgan kishining ovozi. Ziyoda bu tanish ovozni eshitib idish yuvishdan to`xtadi. Xayajon bilan ortiga o`grildi. Qarshisida chiroyli kastum-shim kiygan. Soqol moylovi olingan. Judayam kelishgan kishi qarab turardi.
- Sobir aka! -naxot o`sha darvesh sifat Sobir akam shu bo`lsa. Ziyoda hayrt to`la ko`zlarini tikib turardi.
- Ziyoda kim bu kishi? -dedi oshpaz ayol.
- Uni eriman! -dedi oshpaz ayol qarab jilmayib.
- Bolangni otasi shu kishimi? -dedi oshpaz ayol.
Ziyoda ko`z yoshini yashirmay bosh chayqadi. Sobir asta Ziyodani ko`z yoshini artib, so`ng bag`riga bosdi...

 

218

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz