Войти

Meni bir qiyomatlik do'stim bor,u bilan aka ukadan ham yaqinmiz,oramizda hech qanday sir yo'q,hamma dard alamlarimizni bir birimizga aytib yozilamiz,xullas ,u juda yaxshi yigit,bilmadim xayot yaxshi insonlarni ko'p sinaydimi?
Bir kuni u oldimga juda homush keldi,hayotdan to'ygan insondek,Nima bo'ldi do'stim deb, axvolini so'radim,uning ko'zlarida yosh miltilladi,yuzida alam zohir,ko'zlarida daxshat qotib qolganga o'xshardi,
Va birdan do'stim meni hayotim tamom bo'ldi,bunday azobni qaysi gunoxlarim uchun menga xudo yubordi,deya yana yig'lay boshladi,o'kirib o'kirib yig'lardi,men uni amallab yupatganimdan keyin gap boshladi;
Bilasan,dadam mana uch yildirki chet elda yuribdi,men oilamni eng kattasiman,onam menga
suyanardi, ularni juda yaxshi ko'rardim,ko'zida bir tomchi yosh ko'rsam tamom bo'lardim,lekin afsus...
Bir oy oldin onam menga o'g'lim menga telefon olib ber deb qoldi,hayron bo'ldim onajon uyda o'tirseyz sizga telefonni nima keragi bor,dedim,ha endi bolam zerikdimda,sen kun bo'yi ishdasan,seni sog'inib so'g'inib ketamanda bolam,keyin buvanglar bilan ham gaplashamanda,deb ko'zlariga yosh ola boshladi,
Xo'p, onajonim sizga shu telefonni olib beraman,siz xursand bo'lsez bo'ldi onajon deb yuzlaridan o'pib chiqib ketdim,ertasiga qora kunga deb asragan pulimga yana qarz qavola qilib onamga telefon olib berdim,juda quvondilar...
lekin shu kundan o'zgardi,endi tez tez buvimlarnikiga boradigan saotlab xonasida telefonda gaplashadigan odat chiqardi,xa mayli yozilsa bo'ldida deb indamay qo'ya qo'ldim,lekin bir kuni telefonini qo'limga olib u yog' buyog'ini tekshirayotib daxshatdan qotib qoldim,unga shunday be'xayo smslar kelgan ediki,bularni ko'rib o'limimga ham rozi edim..
Xayolimda ming xil xayol edi,xech ishongim kelmasdi, va buni aniqlashga kirishdim,o'sh no'merni o'zimi telefonimga yozib oldim,va tunda unga qo'ng'iroq qildim,bir erkak oldi,u bilan zudlik bilan u bilan ko'rishmoqchiligimni,tezda kelishini aytdim,joyini belgilab,oldin o'zim bordim,birozdan so'ng u keldi,uni kelib menga qo'l uzatdi,men olmadim,xo'sh nimaga chaqirding meni sen o'zi kimsan menda nima ishing bor dedi,men telefondagi smslarni ko'rsatib bu seni ishingmi javob ber,dedim,u bamaylihotir ha meni ishim,men Uni sevaman,dedi,boshimga birov gurzi bilan tushirganday bo'ldi,o'zimi qo'lga ololmay yuziga musht tushirdim,yerga yiqilganidan keyin,ayamay duch kelgan joyiga tepa boshladim,odamlar meni
ajratishdi,men u yerdan ketdim,uyga kiriboq onamning qizargan
ko'zlariga duch keldim,
bolajonim senga bir gap aytmoqchiman,anchadan beri senga aytolmayapman,deb telefonidagi smslarni ko'rsatib,yig'lay boshladi,bu erkakni tanimayman,har kuni menga qo'ng'iroq qilib ko'p xunuk gaplarni gapiradi,dilimga ozor beradi,undan qanday qutulishni bilmay qiynalib ketdim,dadangni juda yaxshi ko'raman,unga hatto hayolimda xam xiyonat qilmayman,deb yig'lay boshladi,men karaxt axvolda edim,so'ng onamni bag'rimga bosib,yuzlaridan silab,tashvishlanmang men bormanku, nega oldinroq aytmadiza onajon,sizdan men shubxaga borib yuribman,kechiring meni onajon kechiring deb men ham yig'lay boshladim.
Xonamga chiqib yana yig'lay boshladim,ey xudo meni avf et onamdan shubxalanganim uchun meni avf et deya yolvordim,ertalab turib odatdagidek ishga yo'l oldim,yo'lda telefonim uyda qolganini bilib darxol ortga qaytdim,uyga kirib telefonimni olib qaytayotsam,oshxonadan ga'lati ovoz eshitildi,yaqinroq borib quloq sola boshladim, Nimalar deyapsiz jonim,men ham sizni sevaman,buni bilasizku,Nima? Og'lim sizni urdimi,yaxshiyam boshqa hech narsa demabsiz,unda o'ldirib qo'yardi, kecha zo'rg'a ishontirdim,u kuchli bo'lsa ham soddadil,hozircha gaplarimga ishondi,bilasizku jonim ro'l o'ynashda menga yetadigani yo'q, ertagami? yo'q ertaga ko'risholmiymiz,ertaga yakshanba,o'g'lim uyda bo'ladi,yaxshisi dushanba uchrashamiz,ha men ham sizni sog'indimda jonim,siz erkalashizi sog'inib ketdim, ha, umi telefon qilyabdi,unda ko'nglim yo'q men faqat sizikimanu jonim,tezroq ko'rishaylik,mayli asalim,keyin gaplashamiz xo'p jonim,
Men indamay tezda uydan chiqib ketdim,yo'l bo'yi o'ylay boshladim,buni aniqlayman,albatta aniqlayman dedim o'zimga o'zim,ishdan kelsam dasturxon atrofida ukalarim onam o'tirib meni kelishimni kutib o'tirishgan ekan,kelib dasturxonga kelib o'tirdim,ovqatga qarab ko'nglim behuzur bo'ldim,ilk bora onam qilgan ovqatdan hazar qilayotgan edim,qornim to'q deb kirib yotdim,qani edi ko'zimga uyqu kelsa,bir amallab tong ottirdim...
Erta saxarlab ketayotsam qayoqqa bolam bugun yakshanbaku dedi,men bugun buvimlarni oldiga boraman,dadam aytgan edi dam olsen buvingni ko'rib kel degandi shunga ketyabman,ertaga u yerdan nari ishga ketaman,meni kutmasdan uyni qulflab o'tiringlar deb ketdim,so'ng kuta boshladim,nihoyat oradan ikki saotch vaqt o'tib onam uydan chiqdi,darxol yashirindim,va kuzata boshladim,ko'cha boshiga chiqquncha kuzatdim,ko'cha boshida taksi ga o'turib ketdi,men ham shoshib taksi to'htatib anavi mashinani orqasidan yuring aka,iltimos tezroq bo'ling dedim shaxardagi kichik rayonlardan birida mashina to'xtadi,men ham tushib ularni ortlaridan yura boshladim,ko'p qavatli binolarning biriga kirib ketishdi,men ham darxol ularni orqasidan chiqdim,va muammoga duch keldim,ular qaysi kvartiraga kirishganini bilmay qoldim,bir ikki kvartirani taqqilatib kirdim,taabiyki boshqalar ochishdi,va oxir tavakkal deb bir xonani taqillatdim xozir anchadan keyin tanish erkak, xozir dedi,bu o'sha men do'pposlagan erkak edi,zarb bilan eshikni tepdim,va... Qarshimdagi honada,men uchun o'zimdanda ortiq yaxshi ko'ruvchi inson,begona erkak og'ushida to'lgonib daxshatli xolatda yotardi...
Ovozimni boricha bo'kirdim, otilib xonaga kirdim va onamni yo'ldan urgan iflosni yana do'pposlay boshladim, menga endi qizig'i yo'q edi,o'lsa ham achinib o'tirmasdim,bilaklarimga kuch yog'ilardi,bu nomus kuchi edi...
Onamga hatto qaramadim ham,shoshilib ustiga u bu tashagan bo'ldi,va menga yalina boshladi,unday qilma bolam,xozir o'ldirib qo'yasan deb aytgan gapiga chiday olmadim,Nima??? Bolam deysanmi sen iflos,bunga endi haqqing bormikin,men uchun o'lgansan,tushunyapsanmi? Haqqing yo'q seni meni bolam deyishga,dedim.Endi sen
men uchun o'lgansan,sendan voz kechdim deya aytmasdan u yerdan ketdi,to'g'ri seni oldinga keldim do'stim deya gapini shu yerda tugatdi...
U yana yig'lay boshladi,ko'nglim buzildi, unga nima deyishni,uni qanday yupatishni bilmasdim...Uni onasini yaxshi bilaman deb o'ylardim afsus...
Azizlar bu voqea shu yilning aprel oyida bo'lib o'tgan edi,kimgadir bu hikoya ertakdek tuyular lekin bu ayni haqiqat...
U yigitni keyingi taqdiri nima bo'ldi deysimi? Bu endi boshqa hikoya...
Tamom...

726

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz