Войти

Rizq Allohning zimmasida

namozini o'qib, ayolining oldiga kirdi. Farzandlari uxlab yotgan edi. Ayolidan so'radi:

— Bolalar namoz o'qishdimi?

— Yo'q, uyda biron yegulik qolmagan, ozgina ovutay desam, namoz o'qimay uxlab qolishdi, dedi ayoli.

— Uyg'ot, namozlarini o'qib olishsin.

— Begim, o'yg'otsam, ochlikdan yig'lashadi, yegani biron narsa yo'q axir.

— Menga ularni namozga buyurishim amr etilgan, rizqlariga kafil emasman. Uyg'ot, rizqlari Allohning zimmasida. Buni O'zi aytgan:

«Ahlingni namozga amr et va o'zing unga sabr qil. Biz sendan rizq so'ramasmiz. Biz senga rizq berurmiz. Oqibat taqvonikidir».(To ho 132)



Ayoli tushunib, farzandlarini uyg'otdi. Ular namozlarini o'qib bo'lishgan edi ham, eshik taqilladi.

Qarashsa, ostonada bir badavlat odam qo'lida anvoi ne'matlar ko'tarib turibdi. — Mana bularni olib, oila ahlingiz bilan yesangiz, deb, qo'lidagilarni uzatdi.

— Uzr, siz kim bo'lasiz, bular nima? — deb so'radi uy egasi.

— Uyimga shaharning boobro' bir kishisi kelgan edi. Bu yeguliklarni u uchun hozirlagan edim. Lekin taomni boshlashdan oldin u bilan tortishib qoldik. Keyin u hech narsa yemaslikka qasam ichib, chiqib ketdi. Men bularni qo'limga oldim-da, kimning eshigi oldida to'xtasam, o'shanga beraman, dedim. Alloh nomiga qasamki, ko'p uylardan o'tib, sizning ostonangizda to'xtab qoldim. Qasam ichaman, bu yerga qanday kelganimni ham bilmayman, dedi.

147

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz