Войти

Yuragimdasan....

Erta tong xar doimgidek telfonimga xabar keldi
va xar doimgidek u Gulimdan edi... - Assalomu Aleykum yaxshi dam oldingizmi...???
Bugun muborak Juma kuni unda qilingan duolar
amalga oshadi... Xa aytgancha duolaringizda
menixam unutmang... Xayotim mazmuniga aylanib qolgan bu qizsiz bu
dunyoda yashay olmasligimni tobora anglab
bordim. Xar tong duolarimda Yaratgandan birga
bölishimizni sörab duolar qilardim. Kunlar shu
zayilda ötib borar göyoki bu dunyoda bizdan
baxtli inson yöqdek edi. Ösha mashum kungacha... Doimgidek erta tongda yana Gulidan xabar keldi...
Shu odati menga judaxam yoqadi... Xush kayfiyat
bilan xabarni ochdim. - Bugun gaplashib olishimiz kerak... Xar kungi
joyimizda soat 16:00 da... Boshqa xech narsa yozilmagan. Könglimga xiralik
yugurdi, göyoki qalbim nimanidir sezganday
mag'zun tortib qoldi. Tezda unga qöng'iroq
qildim. Telfoni öchirilgan tushkunlik yanaxam
ortdi. Shu tushkunlik bilan kunni kech qila
boshladim. 15:30 uchrashuv joyimizga ketar ekanman yöldan Guli yoqtirgan qizil atirgulni
oldim. Uchrashuv joyimizga keldim xali kelmagan
shekili... Xayollarga berildim. Bugungi kunda shu
16:00 gacha qanday yashaganimnixam bilmadim.
Atrofga alangladim közlarim uning visolini izlar
edi. Uzoqdan körindi yuzimga tabbusum yugurdi. Bugun birinchi marta tabassum qildim xayron
qolar ekanman bu tabbassum uzoqqa
chözilmasligini sezdim. U men tomon yaqinlashib
kelar ekan yuzida qandaydir tushkunlik g'am bor
edi. - Assalomu Aleykum yaxshimisz...???
- Vaaleykum Assalom yaxshi raxmat. Nega
bunchalar tushkun axvoldasan qani bir kulchi bu
Shaxlo közlarga g'amgin nigohlar sira
yarashmaydi...))) Qölimdagi uzi yaxshi körgan atirgulni uzatar
ekanman gulni kurdiyu Yig'lab yubordi... - Nima böldi tinchlikmi...???
- Meni kechiring... Biz birga bölaolmaymiz
sababinixam söramang , baxtli böling Alvidooo... Bu sözlardan men özimni yöqotib qöydim. Tilim
aylanmay qoldi. Nahotki shunchakar oson bölsa.
3 yillik muhabbatimiz nahotki 1 sonya bir söz
bilan öz nihoyasiga yetsa xayollarimda shu öylar
tinimsiz aylanar edi.
Özimni qölga olganimda u mendan olislab ketib bormoqda edi... - Töxta .... Nima böldi tushuntir nimaga bunaqa
deyabsan...
- Xech narsani tushuntirishni xoxlamayman meni
unuting biz birga böla olmaymiz iltimos meni
tinch qöying... Shu sözlarni aytdiyu yugurgancha yiroqlab ketti...
Men xali xanuz özimga kelaolmas dunyo
közlarimga tordek körinar atrof zim ziyodek edi...
Örindiqqa ötiridim. Xayollarimda tinimsiz Savollar
aylanar edi
Ancha vaqt ötgandan kein özimga keldim va uyim tomon otlandim. Yetib kelishim bilan unga
telfon qildim...
... Axir xammasi osongina tugamasligi bunday
bölmasligi kerak edi. Uzun gudok uzoq eshtildi. U
telfonni olmadi, qayta qayta telfon qildim. Telfonni
uni oyisi oldi - Assalomu Aleykum...
- Vaaleykum Assalom Azizbek ög'lim xech narsa
demang shunchaki qizimni tinch qöying u bilan
endi birga böla olmaysizlar agar chin dildan Gulini
sevsangiz uni unuting boshqa telfonxam qilmang
uni baxtli bölishi uchun onalik xurmatim iltimos... Shu sözlarni gapirdilayu telfonni qöyip qöydilar
endi na telfon qilishimni na uni yoniga borishimni
bilmas edim.
Tun göyoki meni öziga yutub yuboradigandek
zulmatlarda bir umr qolib ketadigandek xis qildim
özimni... Undan ayrilganimni sezganday közimda yoshlar
tomchilay boshladi... Ming bir xayollar közdagi
tomchi yoshlar bilan tunni qanday ötkazganimni
bilmadim... Faqat bir narsani bilar edim
Endi Bari tamom... Endi u kelmaydi xayotning
beshavqat yöllarida özimni yolg'iz tashlab ketti... Endi uni unutishim lozim... Usizlikda yashay boshladim. Judaxam qiyin ötardi
mazmunsiz va baxtsiz kunlar. Asta sekin könika
bordim. Faqat xotiralar qalbimga azob berishda
davom etayotgan edi... Shu zayilda oylar ötdi...
Kunlardan bir kun döstim ... Telfon qildi... - Salom örto yaxshimisan...???
- Salom Bekzod yaxshi raxmat
- Örtoq Guli Bugun olamdan ötibdi...  Tanamni muzdek sovuqlik qopladi. Turgan
joyimda qotib qildim nima deyishgaxam tilim
aylanmay qoldi. Göshakni qöydim
Közimdan oqayotgan yoshlarni sira tutib tura
olmadim. Göyoki yuragim chokidan uzilganday
yurak urishinixam sezmay qoldim. Bevafo bölsaxam yorug' dunyoda yashab yursa
bölardiku deya kôz yosh tökdim...
Janozasiga borgani qörqdim... Yana ösha
xotiralarga duch kelishdan qörqdim...
Qizni chiqarishdi. Kunlarim yanada mag'zunlik
bilan öta boshladi... Kunlar ötgandan keyin uni qabrini ziyorat
qilishga yana xotiralar bilan yuzma yuz kelishga
otlandim. Negadir bu safar qörqmadim balki
judaxam sog'inganimdandir. Yöldan sevgimiz
timsoli bölgan qizil atirgullardan oldim. Qabriston
tomon borar ekanman qalbimda alamli nolalar yangramoqda edi. Göyoki bu dunyoda mendan
bölak xech kim qolmagandek tanam esa muzlab
bormoqda edi... - Salom Gulim men keldim... Seni juda juda
sog'indim nega tashlab ketting sensizlikda
yashash judaxam qiyin ekan beg'uborim senla
ötgan baxtli kunlarimni sog'indim. Közimdagi yoshlarni tuxtata olmadim. Qölimdagi
gullarni qabr ustiga qöyar ekanman uni ruxiga
tilovatlar qildim
Qabr ustida ozgina sukut saqladim. Xotiralarga
berilib qabr ustida uzoq qolib ketibman. Bir maxal
oritimdan kimdir kuzayitganini sezdim va ortimga ögirildim Ortimda Gulining onasi turar edi...
Nima deyishni bilmay jim bölib qoldim... - Sizni shu yerda uchratishimni sezgandim Men tomon kela boshladirlar
- Assalomu Aleykum Salomimga alik oldilarda
Qölimga bir maktubni tutqazdilar... - Ög'lim qizimni kechiring u xammasini siz uchun
qildi... Gulini onasiga razm tashlar ekanman közlaridan
yosh toma boshladi...
Köz yoshlarini artgancha kechirolasangiz
kechiring deb uzoqlashib ketdilar... Nima bölganini tushunmay maktubni öqiy
boshladim... - Assalomu aleykum bu xatni öqiyotgan ekansiz
demak men dunyoda yöqman
Kechiring... Sizni tashlab ketganim uchun...
Azoblar uchun sog'inchu xijronlar uchun
kechiring...
Sizni judaxam sog'indim... Ketgan kunimdan buyon yaratgandan meni unutishingizni va baxtli
bölishingizni sörab tonggacha duolar qilib
chiqdim va ishonaman bu duolarim mustajob
böladi... Chunki siz baxtli bölishga xaqli edingiz...
Men esa sizni baxtli qila olmas edim. Sizdan
sönggi iltimosim... Bu dunyoda eng baxtli inson bölaman deb söz bering... Axir samolardan
bölsada sizni baxtli bölishingizni körishni
xoxlayman...
Doktorlar aytdi bir necha oy umrim qolibdi... Shu
bir necha oyni siz bilan baxtli yashashni judaxam
xoxlardim... Lekin keyinchalik qiynalishingizni öylasam juratim yetmas edi...
Mensizlikkaxam könikib qolgandirsiz...??? Lekin
sizsizlik... Judaxam azobli ekan...
Lekin bir kun kelib samolardan sizni kuzataman
va doim siz bilan bölaman... Ösha kungacha sabr
qilsam bas... Sabran Ya Nafsi❤️...
Yuzlarimga Kulguxam begona bölib qoldi...
Bu shaxlo közlarga tushkunlik yarashmaydi
degan sözlaringizni juda juda sog'indim...
Bilasizmi kecha sizni kördim... Közlaringiz
judaxam g'amgin kayfiyatingiz tushkun axvolda edi... Lekin xursand böldim... Sizni sönggi bor
uzoqdan bölsada körganim uchun.
Bu tushkunliklar bari men sabab bilaman...
Meni kechiring... Barchasi uchun
Sizni ikki dunyodaxam sevib qoluvchi Gulingiz...
Xa aytgacha... Bugun muborak Juma bu kunda barcha duolar amalga oshadi... Duolaringizda
menixam unutmang...!!! Maktubni öqib tugatar ekanman közimdan
yoshlarim shashqator quyildi... - Xech qachon unutmayman Gulim... Qalbimdayu
duolarimda abadiy yashaysan... Degancha qabrni bag'rimga bosib baqirib
yig'ladim...

145

Оставить комментарий


Пожалуйста, авторизуйтесь на сайте любым удобным способом, чтобы оставить комментарий



uCoz