Показать меню
Kipriklaringiz to`kilayotgan bo`lsa...



Tush qalamchasi kipriklaringiz siyraklashib qolganini bildirib qo`yyaptimi, demak, parvarishniboshlash lozim. Xo`sh, nima qilasiz?

Foydali moylar...

Kanakunjut, chakamug`, bodom yog`i kiprik ildizini oziqlantiradi. Hatto zaytun moyidan foydalanilganida ham kipriklar mustahkamlanadi. Moy muolajasi kun davomida ikki marta, ertalab – pardoz qilinishidan 10-15 daqiqa avval va kechqurun – uyquga yotishdan oldin qilinishi kerak.

Barmoq bilan uqalash

Har kuni 5-8 daqiqa vaqt ajrating-da, barmoq uchida kiprik ustini engil uqalang. Kiprik ildizida qon aylanishi yaxshilansa, to`kilishi kamayadi.

Moychechak + tirnoqgul

Har ikkala o`simlikni teng miqdorda aralashtirib, 200 ml. suvga damlang. 15 daqiqa tindirilgach, dokadan o`tkazing-da, ko`zga kompress qiling. Kompress qoidasini bilasiz: ikki qavat doka damlamada ho`llab olinadi.

Niqob

1 choy qoshiq kanakunjut moyiga 1 osh qoshiq achchiq damlangan qora choy qo`shing. Paxtali dikslarni aralashmada ho`llab oling. So`ng ko`z qovoqlari ustiga qo`yasiz. Mazkur niqob haftada 3-4 marotaba bajarilsa, kiprik o`sishi tezlashadi.

Yodda tuting:

Kiprik to`kilishi sezilarli ortib borsa, tushdan foydalanmang. Quruq tenlarni ham vaqtincha ishlatmay turgan ma`qul.

Pardozni tozalashda tonik va molochkolardan foydalaning. Yuzni yuvganda ko`z qovoqlarini ishqalab artmang. Yumshoq sochiqni asta tekkizib qo`yishning o`zi kifoya.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD