Показать меню
Peshonadagi ajinlar: xalos bo`lishning yo`li bor



Ajinlar ichki hissiyotlarimizning yuzdagi ifodasidir. Bilasiz ,tabassum, achchiqlanish, qovoq uyish kabi mimik harakatlar ajinlarga yo`l ochadi. Yaqqol ko`zga tashlanadigani esa peshonadagi katta – kichik «ariqcha»lardir. Xo`sh,undan tabiiy yo`l bilan xalos bo`lishning chorasi bormi?

 

Asabiylik ajin tushiradi

Yosh ulg`aygani sayin yuz terisining elastiklik xususiyati yo`qolib boradi va kollagen tolasi ishlab chiqarilishi kamayadi. Shu bois terida turli notekisliklar yuzaga keladi. Va bu holatda vertikal ajinlardan ko`ra gorizontal chiziqlar ko`payishi nisbatan ko`proq kuzatiladi. Quyida ajinlarning yuzaga kelishi sabablariga to`xtalamiz:

  • Yuz mimikasi haddan tashqari ko`p va noto`g`ri ishga solinishi — qoshlar o`rtasida chuqurchani yuzaga keltiradi;
  • chekish;
  • stress, emosional beqarorlik, asabiylik;
  • jismoniy zo`riqish;
  • nosog`lom turmush tarzi, organizmda vitamin va mineral moddalar etishmovchiligi, ekologiya ta`siri, mavsum o`zgarishlari – sovuq va quruq ob–havo.

Parvarishlaymiz!

Yuzdagi ajinlardan xalos bo`lish chorasi ko`p. Xususan, kosmetologiyada in`eksiya, botoks va bir qator jarrohlik usullari yordamida teri tarangligi tiklanmoqda. Ammo peshonadagi chiziqlarga qarshi kurashishda zamonaviy “mo``jiza”larga ko`pam ishonib bo`lmaydi. Avvaliga uy sharoitida bajarilishi mumkin bo`lgan choralarni qo`llab ko`rish kerak.

  • Kokos yog`i. Mazkur moy oziqlantiruvchi xususiyatga ega. Uning ikki–uch tomchisi kifoya. Kokos yog`i bilan peshona sohasi engil uqalansa, ajinlar yoziladi. Shuningdek, E vitaminiga boy yuz kremlari ham mushkulingizni oson qilishi mumkin.
  • Kislorod almashinuvi. Har tong va uyquga yotishdan oldin derazani oching-da, to`yib nafas oling.
  • Suv. Organizmdagi suyuqlik miqdori me`yoridan kamaymasligi uchun sutkasiga 1,5-2 litr suv ichish lozim.
  • Ovqatlanish. Achchiq, sho`r va yog`li taomlarni kamroq egan ma`qul. Taomnoma – vitamin va mineral moddalar, antioksidantlarga boy mahsulotlardan tashkil topsin. Meva- sabzavotlar, barra ko`katlar, yog`siz go`sht ovqatlanish rasionining asosini tashkil etishi lozim. E vitaminiga to`yingan — o`simlik yog`i, tuxum, yong`oq, baliq va sut mahsulotlari; K darmondorisiga boy — karam, brokkoli, mol go`shti, ismaloq; S vitamini zaxirasi mo`l – na`matak, qorag`at, apelsin, limon va boshqa sitrus mevalar ajinlarni kamaytirish barobarida yangilari paydo bo`lishining oldini oladi.
  • Skrab. Haftada ikki marta yuz terisini skrab yordamida tozalab turing. Aylanma harakatlar terida qon aylanishini yaxshilaydi, shu bilan birga o`lik hujayralar ajralib chiqishi osonlashadi. Bu ajinlarning chuqurroq joylashuvidan himoyadir.
  • Krem. Uzum danagi qo`shilgan, tarkibida alfa-gidroksil moddasi bor, E va S vitaminiga to`yintirilgan yuz kremlari teri parvarishida juda muhim.
  • Uyqu. 7-8 soat to`yib uxlang! Chunki tunda yuz terisi kollagen moddasini faol ishlab chiqaradi.

Mashq qilamiz!

Qoshlarni pastga tushiring-da, shu holatda ikkisini bir-biriga yaqinlashtiring. So`ng qoshlar ko`tariladi va bir - biridan uzoqlashtiriladi. Ushbu mashqni har kuni, bir necha marotaba bajaring. Natijasi: mimik harakatlar ajin kelib chiqishining oldini oladi. Teri tonusi ortib, taranglashadi.

Ko`zni yuming-da, ikki barmog`ingiz bilan qovoqlarni berkiting. So`ng qoshlarni pastga tushiring. Qosh-qovoq mushaklari yordamida qovoqlarni yuqoriga ko`tarishga urinib ko`ring. Bu mashq bajarilgan mahal qovoq va qosh o`rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Mashq uch soniya davom etishi va o`n marotaba qaytarilishi lozim.

Niqoblarga nima deysiz?

Bir dona atalangan tuxum oqini yuzingizga surtib, qurishini kuting. So`ng qog`oz salfetkani iliq suvda ho`llab, niqobni artib olasiz. Mazkur usul ikki oy davomida hafta ikki marta bajarilsa, peshonadagi ajinlar ancha kamayadi.

Mana bu resept uchun esa to`rt tomchi limon sharbati va ikki osh qoshiq sut kerak bo`ladi. Masalliqlar aralashmasini peshona, shuningdek, yuzdagi ajinlarga surtib, 20 daqiqa qoldirasiz. Shundan so`ng niqob iliq suvda chayib olinadi.

Aliya SULAYMANOVA tayyorladi


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD