Показать меню
Uy sharoitida go`zallikning oddiy shartlari



Uy sharoitida tayyorlanadigan niqoblar tarkibiga tuxum oqi qo`shilsa, foydasi ikki barobar ortadi. Qolaversa, bunday niqoblar xamyonbopligi bilan sizga manzur kelishi aniq. Axir bor-yo`g`i tuxum oqidan foydalansiz, xolos.

Piling deysizmi?

Bir dona tuxum oqini ko`pirtiring-da, atalangan holicha yuzingizga surting. Niqob qotgach, iliq suvda chayib olasiz. Mazkur usul yuz terisini a`lo darajada tozalab, teridagi o`lik hujayralarning ajralishini osonlashtiradi.

Husnbuzarni davolaydi!

Virus va infeksiya tushishi oqibatida kelib chiqqan husnbuzarni davolashda tuxum oqi qo`shilgan niqoblardan foydalanish mumkin. Buning uchun bir dona atalangan tuxum oqiga ozroq asal qo`shasiz. Istasangiz, tuxum oqining o`zini ishlating. Ustma-ust surtilganida hosil bo`lgan yupqa plyonka toshma joylashgan teri katagini kichraytiradi.

Ko`z ostida qopcha bo`lsa...

Bu muammoni ham tuxum oqi yordamida hal etolasiz. Tuxumni ko`pirtirib, ko`z ostiga yupqa qilib surting-da, 10 daqiqadan so`ng iliq suvda chayib oling. Uch kunda bir marotaba bajarilgan niqob ko`z osti qopchasidan asar ham qoldirmaydi.

Immunitetga yordam kerakmi?

2-3 dona tuxum oqini atalab, to`g`ralgan ko`katlarni qo`shing. So`ng o`simlik yog`i solingan tovada pishiring. Ko`katli quymoq immunitetni oshiradi. Sarig`idan foydalanilmagani hisobiga allergik reaksiyalardan xavfsiramasangiz ham bo`ladi.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD