Показать меню
Kedalarni qanday qilib oson tozalash mumkin?



Oppoq kedalarni tozalash uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:

— tish cho‘tkasi;

— sovun;

— kir yuvish kukuni;

— sirka;

— paxta bo‘lagi;

— benzin yoki dog‘ ketkazuvchi;

— vodorod peroksidi;

— limon sharbati;

— tish pastasi.

Tozalash usullari:

1) Kedaning asosiy qismi gazlamadan – paxta yoki boshqa materiallardan tayyorlangan. Bunday poyabzallarni kir yuvish mashinasida yuvish mumkin, lekin avval uning tagcharmini tozalash kerak. Buning uchun eski tish cho‘tkadan foydalanish tavsiya qilinadi, uni sovunli eritmada ho‘llang va tagcharm yuzasini yaxshilab tozalang.

2) Kedaning iplarini va pataklarini chiqarib oling, ularni kir sovun yordamida alohida yuving. Quyosh nuri va boshqa issiqlik manbalari tushmaydigan joyda quriting. Quritish moslamasiga ham qo‘ymang, aks holda pataklar asl shaklini yo‘qotadi. Tozalangan kedalarni kir yuvish mashinasining ichiga qo‘ying, kir yuvish kukuni soling va sovuq haroratli yuvish rejimiga qo‘ying.

3) Oq rangli kedalarni tozalamoqchi bo‘lsangiz, avval qattiq qilli quruq cho‘tka yordamida qurib qolgan kirlardan tozalang. Tog‘oraga iliq suv quying, biroz maydalangan yumshoq sovun qo‘shing. Kedalarni qo‘lda yuving, iplari va pataklarini ham yuvishni unutmang. Keyin ularni bir necha marta sovuq suv bilan chayqang.

4) Oq matodagi ketishi qiyin bo‘lgan dog‘larni benzin yoki dog‘ ketkazuvchiga botirilgan paxta bo‘lagi yordamida tozalash mumkin. Tarkibida xlor bo‘lgan oqartiruvchi vositalaridan foydalanmang. Kedalarni xona haroratida tabiiy sharoitlarda quriting.

5) Oq rangli kedalarni tozalash vositasini o‘zingiz tayyorlasangiz ham bo‘ladi. Buning uchun bir xil miqdorda olingan kir yuvish kukuni, sirka, limon sharbati yoki vodorod peroksidini aralashtirasiz. Tayyor bo‘lgan o‘ziga xos quyuq pasta yordamida kedalarni osongina tozalashingiz mumkin.

6) Oq rangli kedalar yuzasidagi eski dog‘larni tish pastasi yordamida ketkazish mumkin. Eski tish cho‘tkasini ho‘llang va biroz tish pastasi qo‘ying, samarasini kuchaytirish uchun bir-ikki tomchi limon sharbati qo‘shishingiz mumkin. Dog‘larni cho‘tka yordamida aylanma harakatlar bilan tozalang va iliq suv bilan chayqang.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD