Показать меню
Yangi yilda amalga oshirishingiz kerak bo`lgan 20 taklif



2017 yil yakunida sizda qanday kayfiyat hukm surdi, qanaqa yutuqlarni qo`lga kiritdingiz, qanchalik boy va mazmunli o`tkazdingiz — endi ularning bari xotira. Yangi yilning yangi kunlaridan yangi hayot boshlaymiz! Biz sizga reja tuzib berish fikridan yiroqmiz. Axir hammaning o`ziga yarasha orzu-umidi, maqsadlari va yashash tarzi bor. Takliflarimiz esa hayotingiz rang-baranglashishi uchun xizmat qiladi, degan umiddamiz!

 

  • Yorqin suratlar chizing! Rassomlikka uquvingiz yo`q bo`lsa, o`rganing. Agar o`zingizda bu qobiliyatni allaqachon kashf etgan bo`lsangiz, dam olish kunlaridan birini bolakaylar bilan surat chizishga bag`ishlang. Farzandlaringiz, jiyanlaringiz, ana boringki, mahalladagi o`g`il-qizlar — barini atrofingizga to`plab, dunyoni yorqin ranglarga bo`yang! Til o`rganing. Imkonim, sharoitim, vaqtim yoki ehtiyojim yo`q demang. Qo`shimcha darslarga qatnasha olmasangiz, internet, lug`at, xorijiy tillardagi qo`shiqlarni tinglash, filmlarni tomosha qilish, xullas, imkoniyatlar ko`p! Qunt qilsangiz bas!
  • 52 ta kitob o`qing! Har hafta bittadan biror badiiy asar yoki psixologik qo`llanma mutolaa qilishga odatlansangiz, yil yakuniga borib, dunyoqarashingiz ancha boyiydi. Qolaevrsa, farzandlaringizda ham kitobxonlikka mehr uyg`otasiz. O`z navbatida, hayotiy muammolaringiz echimini topasiz.
  • Yaxshilik qiling! Ko`makka muhtoj kishilarga yordam qo`lini cho`zing. Savob bo`ladi, topganingizga baraka kiradi, o`zingizga bo`lgan hurmatingiz oshadi.
  • Pulni yig`ishni boshlang. Avval chiroyli bir idish yoki quticha yasang, so`ng unga har kuni mayda pullaringiz, har oyda esa yirik pullardan solib boring. Shartmas birdan idish to`lishi, kam-kamdan to`planib, yil yakunida o`z orzularingizdan birini amalga oshirishingiz uchun mablag` bo`ladi.
  • Shajarangizni tuzing! Ota-bobolaringizning suratlari, ular haqida ma`lumotlarni to`plab, shajarangizni yarating. Buni daraxt, albom, video rolik shaklida oila a`zolaringizga sovg`a qilishingiz mumkin.
  • Haqiqiy maktub yozing. Internet, kompyuter orqali emas, o`z qo`llaringiz bilan! Istang, umr yo`ldoshingizga, farzandingizga, onangiz yoki singlingizga, balkim uzoq paytdan buyon gaplashmagan do`stingizga xat yozing.
  • Yulduzlarga intiling! Bahor-yoz oqshomlaridan birida yaqinlaringiz bilan osmonga tikilib, yulduz sanang. Osmon qanchalik yaqinligini anglash — sizga uzoq vaqt xushkayfiyat baxsh etadi.
  • Ko`chat o`tkazing. O`zingiz yaxshi ko`rgan mevalardan bog` yaratish uchun bu yildan kechiktirmay qadam tashlang. Ko`p qavatli uyda yashaydiganlar esa gullar o`stirishi mumkin.
  • Sayohatga chiqing. Yaqin-uzoqligi emas, dildan sayohat qilish muhim. Ko`rmagan va ko`rishni orzulaydigan joyingizga boring.
  • Yomg`ir ostida sayr qiling. Soyabonsiz! Albatta, sharros quyib turganida emas, maydalab yog`ayotganida.
  • O`zgartirish yasang! Tashqi ko`rinishingizda, ishingizda, uyingizda yangilik qiling. Ikkilanmang, o`zgarishlar omad olib keladi!
  • Tarjimayi holingizni yozing. Rasmiyatchilik uchunmas, o`zingizga bo`lgan ishonchni oshirish uchun! Uni hazilomuz tarzda bitishingiz ham mumkin.
  • Sport bilan shug`ulaning. Albatta, biror sport turining boshini tuting. O`zingizga mos, qomat va salomatlikka foydalisini.
  • Bolalikka qayting. Masalan, katta bo`lgan bog`changiz, mahallangiz yoki o`qigan maktabingizga borib, bir kun vaqtingizni sevimli maskaningizda o`tkazing.
  • Yaxshi insonlar bilan do`stlashing. Ochilmagan qirralaringizni kashf etish, yangi narsalarni o`rganish uchun ham bu muhim!
  • Shifokor ko`rigini unutmang. Salomatligingizda muammo kuzatilsa, kichik va arzimas deb sanamang-da, davo choralarini ko`rishni kechiktirmang.
  • O`z biznesingizni tashkil qiling va yangi g`oyalar ustida ishlang. Masalan, mandarindan efir yog`larini olish, xushbo`y sovunlar tayyorlash, kashta tikib sotish, to`qish, chiroyli dekorativ narsalar yasash va hokozalar. Qo`shimcha ish qo`shimcha daromad, qo`shimcha daromad esa o`zingizga xos orzu-istaklarni amalga oshirish imkonidir. Yangi g`oyalar esa sizga olamshumul omad va mashhurlik olib kelishi, nomingizni tarixga muhrlashi hech gapmas!
  • Bir hafta davomida uyali aloqa vositalari va internetsiz yashang. Hamma aloqa vositalarini o`chiring va faqat e`tiborni o`zingiz hamda oila a`zolaringizga qarating.
  • Muhabbat izhor qiling! Juftingiz, bolalaringiz, yaqinlaringizga har kuni, biror kun kanda qilmasdan ularni qanchalik yaxshi ko`rishingizni ayting.

Bular bir qarshda oddiy takliflar. Nashrimzda ham bot-bot takrorlangandir. Biroq yangi 2018 yilda ularni amalga oshirishni o`zingizga maqsad qiling. O`z dunyoqarashingizdan kelib chiqib bu ro`yxatni boyiting. Bir so`z bilan aytganda, hayotni sevib, har bir yangi kundan bahra olib yashang!

MUXLISA tayyorladi.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код:
Поиск певца
Kerakli xonanda bosh harfini tanlang!
A B D E F
G H I J K
L M N O P
Q R S T U
V X Y Z SH
VXOD