Nima uchun siniq va darz ketgan idishlarda ovqat yeyish mumkin emas?



Nima uchun siniq va darz ketgan idishlarda ovqat yeyish mumkin emas? “Islam-today.ru” ana shu savolga oydinlik kiritdi.

Abu Said al-Hudriy (radiallohu anhu) tomonidan bayon qilingan rivoyatda shunday deyiladi: “Allohning elchisi (s.a.v.) piyolaning siniq va darz ketgan tomonidan ichishni taqiqlagan, shuningdek, idishga puflashni ham man qilgan” (Abu Dovud, “Ashriba”, 3722).

Ushbu rivoyatda gap borayotgan taqiq siniq va darz ketgan idishdan foydalanish harom ekanligini ko‘zda tutmaydi. Bu yerda bunday idishni qo‘llash nomaqbul ekanligi qayd etilgan, chunki hatto hozirgi shifokorlar ham sopol idishlarning darz ketgan joylarida kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar to‘planib qolishini ta’kidlaydi.

Bundan tashqari, siniq idishdan foydalanish noqulay hamdir: siniq joylar tufayli piyola ichidagi suyuqlik kiyimga to‘kilib ketishi, darz ketgan idish esa qo‘lingizda sinib ketishi ham mumkin.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код: