Amerikalik erkak otasini yo‘qotdi va yarim asrdan keyin uydan uning skeletini topdi



Amerikaning Long-Aylend orolida yashovchi erkak uyining yerto‘lasida bedarak yo‘qolgan otasining skeletini topdi. DNK testi buni tasdiqlagan, deb yozmoqda New York Post.

Mayk Keroll va uning bolalari Xellouin bayramida yerto‘ladagi skeletni topgan. 12-dekabrda politsiya qoldiqlar erkakning otasiga tegishli ekanligini tasdiqlagan.

Qirollik urushida ishtirok etgan Jorj Keroll 1961-yilda izsiz yo‘qolgan. O‘shanda Mayk sakkiz oylik bo‘lgan. Butun umri davomida erkak otasi bilan nima yuz berganini aniqlashga uringan. 1998-yilda u onasidan uyni sotib olgan va yillar davomida qoldiqlarni izlab yerto‘lani qazigan. Maykning so‘zlariga ko‘ra, qachonlardir folbin unga qoldiqlarni aynan yerto‘ladan qidirish kerakligini aytgan.

Maykning jurnalistlarga ma’lum qilishicha, folbin otasining yopiq jarohatdan o‘lganini, uning boshiga quvur bilan urilgani va tiriklayin yerto‘laga ko‘mib yuborilganini aytgan.

Politsiya ishni qotillik sifatida ko‘rmoqda, biroq Mayk tergovning davom etishini xohlamayapti. U otasini harbiylarcha sharaf bilan dafn qilishni rejalashtirmoqda.


Ushbu maqolani do'stlaringizga ham tarqating, ular ham o'qib chqishsin.
Имя:
Email:
Код: