Karantinda vaqtingizni mazmunli o‘tkazishni istaysizmi? Unda quyidagi ilmiy-ommaviy telegram kanallarini kuzatib boring

Добавлено: 01 Июля 2020 Источник: xabardor.uz

Karantin 15-iyungacha uzaytirilganligini hisobga olgan holda, yana ma’lum muddat uyda o‘tirishingizga to‘g‘ri keladi. Zerikmaslikni istasangiz, quyidagi beshta ilmiy-ommaviy telegram kanallari jamlanmasi bilan tanishtirib o‘tmoqchimiz.
 
1. Galileo Galiley https://t.me/ltimetravel – tabiat haqida foydali, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar.

2. “Ommaviy mexanika”ning ham o‘z kanali https://t.me/popmech_daily bo‘lib, unda portalning eng sara materiallari, fizika haqida gif-videolar va kundalik qiziqarli ma’lumotlar e’lon qilinadi. 

3. Etologiya – odamlar va hayvonlarning tabiati haqidagi ilm. “Ayovsiz etolog” https://t.me/etholog telegram kanali – sho‘x maymunlar, aqlli qarg‘alar va turli insonlar haqidagi yangiliklar maskani. Agar sun’iy tafakkur va dronlar haqidagi yangiliklardan zerikkan bo‘lsangiz, bu kanal sizga qiziqarli bo‘lishi aniq. 

4. Astronomiya, ya’ni koinotshunoslik muxlislari uchun Astromomy Channel https://t.me/tirsky – mualliflik kanali mavjud bo‘lib, unda yulduzlar, qora tuynuk va shunga o‘xshash mavzulardagi ma’lumotlar joylanadi. Igor Tirskiy, Moskva astronomiya instituti aerokosmos fakultetining bitiruvchisi, astronomiya va kosmonavtikaning targ‘ibotchisidir. 

5. Antropogenez.ru https://t.me/antropogenez_ru – inson evolyutsiyasiga bag‘ishlangan Rossiyaning eng yirik ilmiy-ma’rifiy portalining kanali.

230

Оставить комментарий

Имя:
Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ